9 aprel – buyuk siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur o‘rta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkardasi, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, fan va madaniyat rivojlanishi uchun katta hissa qo’shgan. Uning toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barquldir.
Mubolag‘asiz aytish mumkinki, buyuk bobomiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqi, balki insoniyat qalbidan chuqur joy olgan buyuk sarkardadir.