O‘zbekiston “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan eng yaxshi Tech4Good tanlovida g‘olib bo’ldi.
Ushbu jamoa yetakchisi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova👏🏼
O‘zbekistondan 8 nafar talaba Ozarbayjon, Qozog‘iston, Iordaniya, BAA, Qatar va Mo‘g‘uliston jamoalari bilan birgalikda Tech4Good akseleratsiya dasturidan o‘tish uchun Dubayga jo‘nab ketmoqda. Ular quyidagi universitetlarda tahsil olishadi: Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti va Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti.