Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi

07 октябрь

“MIT.uz” — milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrgacha qabuli e’lon qilindi. 

Joriy yilda 4-marotaba o’tkaziladigan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan veb dasturchi, dizayner, robototexnik, jurnalist hamda blogerlar qatnashishi mumkin. Tanlovga faoliyat ko’rsatayotgan yoki 2016 yil 1 sentabrgacha internet tarmog’iga joylashtirilishi rejalashtirilgan saytlar taqdim etiladi. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovga taqdim etilishi mumkin bo’lgan saytlar miqdori cheklanmagan.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

Asosiy nominatsiyalar:

1.    O’zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g’oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt;

2.    Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt;

3.    Davlat tilidagi eng yaxshi sayt;

4.    Eng yaxshi yangiliklar sayti;

5.    O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

6.    O’zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

7.    Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt;

8.    Fan va ta’lim sohasida eng yaxshi sayt;

9.    Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt;

10.  Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt;

11.  O’zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt.

Qo’shimcha nominatsiyalar:

1.    Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt

2.    Sport sohasida eng yaxshi sayt

3.    Eng yaxshi shaxsiy blog

4.    Eng yaxshi sayt dizayni

5.    Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt

6.    Mobil aloqa vositalari uchun mo’ljallangan eng yaxshi dastur

Tanlovning nizomida qayd etilishicha, unda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi veb-sayt yaratuvchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) ishtirok etadi. Tanlov uch bosqich (tanlov ishtirokchilarini ro’yxatga olish, g’olib va sovrindorlarni saralash hamda taqdirlash)da o’tkaziladi. G’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo’mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mit.uz saytida e’lon qilinadi.

Milliy internet tanloviga arizalar 1 noyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchisi arizani topshirishdan tanlov nizomi bilan to’liq tanishib chiqishi va unda ko’rsatilgan talablar va qoidalar asosida arizani to’ldirilish lozim. Ishtirokchilar arizani tanlovning www.mit.uz rasmiy veb-sahifasi va @MITUZBOT(https://telegram.me/mituzbot) telegram BOTi orqali to’ldirishi yoki mituz2016@kmail.uz elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Nizomda belgilanishicha, tanlovga taqdim etilgan sayt faqat bitta nominatsiyada (yoki bitta qo’shimcha nominatsiyada) ishtirok etishi mumkin. Tanlovda ishtirok etayotgan saytning mazmuni (uning kontenti)ga quyidagi talablar qo’yiladi:

— tanlov auditoriyasi (yoshlar)ning talab va qiziqishlariga mos kelishi lozim;

— yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’lishi, ularning bilim darajasini va dunyoqarashini oshirishi kerak;

— internet foydalanuvchisida axborot olish madaniyatini hamda undan xavfsiz foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi kerak;

— saytdagi axborotlarning kamida 80 foizi (kontent, rukn va sahifalarning hajmiga qarab belgilanadi) yoshlar uchun mo’ljallanishi, ular uchun foydali kontent bilan to’ldirilgan bo’lishi, doimiy ravishda yangi materiallar bilan boyitib borilishi kerak;

— saytning interfaol ruknlari (yangiliklar, voqea-hodisalar) doimiy ravishda (kunida kamida bir marotaba) yangilanib turilishi kerak;

— tanlovda ishtirok etayotgan saytga uchinchi shaxslarning huquqlari, shu jumladan, mualliflik huquqini poymol etuvchi materiallar, milliy qonunchilikka zid bo’lgan materiallar, ma’naviy va axloqiy me’yorlarga to’g’ri kelmaydigan materiallar, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hududida tarqatilishi taqiqlangan mahsulot va xizmatlar reklamasini joylashtirish mumkin emas.

Tanlovga doir boshqa ma’lumotlarni uning rasmiy saytidan o’qishingiz mumkin. Shuningdek, qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998712410050 raqamiga soat 9.00 dan 18.00 ga qadar murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Eslatib o’tamiz, mazkur tanlov har yili  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O’zbekturizm” Milliy kompaniyasi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi. Uni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar uchun mo’ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko’paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag’batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e’tiborini internet texnologiyalaridan mas’uliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo’ljallangan segmentini kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Долзарб

Тайёрлов курси тингловчиларига имтиёзлар

Тошкент шаҳридаги Инҳа университети қошидаги Тайёрлов курслари тингловчилари учун қуйидаги имтиёзлар тақдим этилади:

  • Ўқув курси якунида ўтказиладиган тест синовларида Математика ва Физика фанларининг ҳар биридан 60 баллдан юқори натижага эришган тингловчилар Инҳа университетига кириш имтиҳонларидан озод этилиб, талабаликка қабул қилинади;
  • Лицей ва коллежларнинг биринчи ва иккинчи курс талабалари якуний имтиҳондан муваффақиятли ўтсалар, ўқишларини битирганларидан сўнг, имтиҳонсиз контракт асосида Инҳа университетига қабул қилинадилар.
  • Тайёрлов курслари тингловчилари Тошкент шаҳридаги Инҳа университети иншоотларидан фойдаланишлари мумкин.
  • Фақатгина Тайёрлов курслари тингловчиларига кириш имтиҳонини иккинчи бор топшириш имконияти берилади.
Батафсил »

Нега IUT?

Батафсил»

Нега айнан Тошкент шаҳридаги Инҳа университети?

Мазкур саволга замон талабларидан келиб чиққан ҳолда жавоб беришга ҳаракат қилиб кўрамиз. Юртбошимиз таъкидлаганларидек: “Янги аср – ахборот, юксак технологиялар ва замонавий билимлар, олдимизда очилаётган янги истиқболлар асридир”. 

Батафсил»

Нега IUTни танлашим керак?

Инҳа университети 60 йил аввал етакчилик, билим ва мамлакатга хизмат қилиш учун олий мақсадларни ният қилган ҳолда тузилган.

Батафсил»

IUT асосий мақсад ва вазифалари

Тошкент шаҳридаги Инҳа университетининг асосий вазифаси жамият ва миллат тараққиёти учун, юртимизда ахборот технологиялар соҳасининг ривожи учун ўз ҳиссасини қўша оладиган, юқори малакали, ҳар томонлама баркамол мутахассисларни етказиб беришдан иборат.

Батафсил»

Тошкент шаҳридаги Инҳа университетидаги

сўнгги иш ўринларига

ариза топширинг!

Inha University
in Tashkent
Office : 9, Ziyolilar str., M.Ulugbek district, Tashkent city
Phone : +998 71 289-99-99
Fax : +998 71 269-00-58
Email : info@inha.uz
Website : www.iut.uz, www.inha.uz
Inha University
KOREA
Office : INHA University Admissions office 100, INHA Avenue, Nam-gu, Incheon, Korea
Phone : 0082-32-860-7221~5
Fax : 0082-32-860-7210
Website : eng.inha.ac.kr