Toshkent shahridagi Inha universitetida qishgi ta’til 13-fevralgacha bo’lishiga qaramasdan, ko’plab talabalar viloyatlardan qaytib, Universitetga o’z loyihalari ustida ishlash uchun kelishgan. Biz esa ular uchun universitetda ham, yotoqxonada ham qulay sharoit yaratib beramiz. Barcha batareyalar asosiy isitish tizimiga ulangan va to’liq rejimda ishlaydi.