4-Markaziy Osiyo internet boshqaruvi forumi (CAIGF) o’tkaziladi

15-16 may kunlari Toshkentdagi Inha universitetida 4-Markaziy Osiyo internet boshqaruvi forumi (CAIGF) o’tkaziladi.


CAIGF har yili Markaziy Osiyo, MDH va Yevropadan 200 dan ortiq ishtirokchini – internetni boshqarish sohasidagi mutaxassislarni, vazirliklar, aloqa agentliklari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari hamda tijorat kompaniyalari va tadqiqot markazlarini bir joyga yig`ib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Internet boshqaruvi masalalarini muhokama qilishlari uchun ochiq platforma yaratib beradi. 

Bu yilgi forumning asosiy mavzusi – Markaziy Osiyodagi imkoniyatlarni kengaytirish uchun internetni rivojlantirishdir. Forumda kiber xavfsizlik va Internetni tartibga solish erkinligi, transmilliy kontekstda raqamli huquqlar, hudud barqarorligini mustahkamlash uchun internetdan foydalanish, internetni boshqarishda global va milliy yondashuvlar kabi mavzular muhokama qilinadi.
Forum O’zbekiston Respublikasi Hukumati, «Internet siyosatida  Fuqarolar Tashabbusi» jamiyati tomonidan hamda, ICANN, Internet Society, Facebook, hamda YHXT ko`magida o`tkaziladi. 

Boshlanish vaqti:9:00