Muvaffaqiyatli talabalar

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Darxonbek Mamataliev 2019 yil fevral oyida AQShning Filadelfiya shahridagi EPAM Global kompaniyasida katta dasturchi (dasturiy ta’minot bo’yicha katta muhandis) sifatida ish boshladi.

«Men turli xil loyihalar uchun universitetga cheksiz minnatdorman, ular tufayli kelajakda men uchunfoydali bo’lgan bebaho tajribaga ega bo’ldim. Universitet menga ijodiy rivojlantirish va shakllantirishda katta istiqbollarni ochib berishga yordam berdi, individual xususiyatlarni namoyon etish va turli ko’nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi: kommunikativ, yetakchilik, tashkiliy. Universitetda olingan bilim meni maqsadimga erishishga o’z hissasini qo’shdi».

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Nuriddin Iminoxunov Google Developer Group Tashkent (GDG Tashkent) jamoasini yaratdi. U GDG DevFest festivalining tashkilotchisidir.

«Universitetda o’qish davomida men operatsion tizimlar: mobil dasturlash, raqamlar nazariyasi, sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi vaaxborot havfsizligi sohalariga oid juda katta va bebaho bilimlarga ega bo’ldim».

Toshkent shahridagi Inha universiteti yana bir iqtidorli bitiruvchisi Yulduz Xodjaeva “Fido Business” korhonasida bir yarim yildan ko’proq vaqt davomida dasturchi bo’lib ishlagan.”Fido Business” O’zbekistonning davlat, bank va sanoat tarmoqlari uchun eng yirik axborot tizimlari va texnologik echimlarni ishlab chiquvchilar va etkazib beruvchilardan biri.

«Universitetda o’qish davomida ko’p foydali bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim,bu menga ba’zi yutuqlarga erishishga va yaxshi ish topishimga yordam berdi. O’qishim bilanoq meni mahalliy korhonaga dasturchi qilib ishga olishdi. Hozirda aspiranturamni davom ettirsh uchun Kanadaga keldim. Universitet talabalarga hayot eshiklarini ochadi va o’zini anglash uchun ko’plab imkoniyatlarni yaratib beradi».

Toshkent shahridagi Inha Universiteti 4-bosqich talabasi Abdulloh Asqarov hozirda Microsoft va Markaziy Osiyodagi Microsoftning yagona hamkoridir.Talaba global kompaniyaning xizmatlarini ilgari surish bilan bir qatorda, Microsoft ko’magi ostida.

IT- ta’limni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlarni o’tkazadi va o’tqazilayotkan tadbirlar orqali O’zbekiston asta-sekin imkoniyatlar mamlakati sifatida Microsoft dunyo xaritasida paydo bo’lmoqda. «Joriy yilda biz talabalar va professor Francis Tai No rahbarligi ostida biz noyob C-Vision sun’iy ko’rish tizimini ishlab chiqardik».