Tayyorgarlik kurslari haqida

1. Ta’lim tizimi

1. Tayyorgarlik kurslarining o’quv rejasi Toshkent shahridagi Inha universiteti Uzluksiz ta’lim markazining etakchi professor-o’qituvchilari hamda Inha universiteti (Janubiy Koreya) professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

O’qish boshlanishidan oldin barcha o’quvchilar tayyorgarlik kurslarida o’qishni rejalashtirgan mavzular bo’yicha test topshirishlari kerak. Test kurs boshlanishidan oldin bir marta o’tkaziladi. Test o’tkaziladigan sana, vaqt va joyi to’g’risida ma’lumot Uzluksiz ta’lim markazi tomonidan oldindan e’lon qilinadi.

Tayyorgarlik kurslarining yakuniy imtihonlarida qatnashish huquqiga ega bo’lish uchun o’quvchilar tanlangan fakultetga muvofiq kurs davomida kamida ikkita asosiy fanni o’zlashtirishlari kerak.

2. O’quvchilar o’qish tilini tanlash huquqiga ega – rus yoki o’zbek tili;

shuningdek, qulay o’quv vaqti tanlanishi mumkin: ertalabki smena (9.00-13.00) va kunduzgi smena (14.00-18.00)

O’quvchilarning darajasi va guruhi oraliq imtihonlardan so’ng talabalarning bilim darajasiga, shuningdek trimester imtihonlari natijalariga qarab o’zgartirilishi mumkin.

Talabalar har trimestrdan keyin oraliq imtihonlarni topshirishlari shart.

2. Dars vaqti va intensivligi

• Uzluksiz ta’lim markazi bir yillik, 9 oy davom etadigan dasturni taklif etadi

• Darslar haftasiga 3 marta o’tkaziladi.

Intensiv kurs ham mavjud (haftasiga besh marta).

• Dars davomiyligi – 80 daqiqa

• 3. Intizomiy talablar:

Tayyorgarlik kurslarining ishtirokchilari quyidagi qoidalarga rioya qilishlari shart:

Barcha talabalar, professor-o’qituvchilar, xodimlar va Universitetga tashrif buyuruvchilarga xushmuomala bo’lish talabi. Baland ovoz bilan gaplashmaslik (shu jumladan telefonda), baqirmaslik, qo’pol xulq-atvorga yo’l qo’ymaslik va yo’laklar bo’ylab yugurmaslik.

Sinfda faqat o’qituvchining ruxsati bilan planshetlar, diktofon, pleerlar, kameralar va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga ruxsat beriladi.

Universitetning mol-mulki va jihozlaridan extiyotkorlik bilan foydalaning Universitet hududida tozalikni saqlang.

3. Akademik jadval

Hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va topshirish:

2021 yil, 19 iyuldan – 16 avgust qadar

Test sinovi (matematika, fizika va ingliz tili):

2021 yil, 1-16 avgust

Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish:

2021 yil, 19 iyuldan – 20 avgust qadar

Kurslarning boshlanishi

23 avgust 2021 yil

Birinchi trimestr oxirida test o’tkazish

2021 yil Noyabr

Ikkinchi trimestr oxirida test o’tkazish

2022 yil Fevral

Yakuniy imtihon

2022 yil, Iyun-iyul

Yakuniy imtihonlar natijalarini e’lon qilish

2022 yil, Iyun-iyul

 

4. Imtihonlar tizimi

1. Imtihonlar soni – bir yillik dastur

• 6 ta oraliq imtihon / 2 trimesterlik imtihon

• yakuniy imtihon

2. IUT tayyorlov kurslarida o’qishning afzalliklari

• tayyorgarlik kurslari o’quvchilari imtihonlarni topshirish uchun ikkinchi imkoniyatga ega bo’ladilar;

– Faqat tayyorgarlik kurslari o’quvchilari bir vaqtning o’zida grant va shartnoma asosida o’qish uchun ariza berish imkoniyatiga ega;

• Kurs uchun o’quv to’lovlari xususiy o’qituvchilar xizmatiga nisbatan ancha arzon;

• Tayyorgarlik kurslari Toshkent shahridagi Inha universitetining o’zida o’tkaziladi va o’quvchilar universitetdagi o’quv jarayoni atmosferasi bilan tanishish, o’quv materiallaridan foydalanish  va universitet professor-o’qituvchilari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar;

• akademik ko’rsatkichlarni qat’iy nazorat qilinadi, eng yaxshi o’quvchilarga maxsus sovg’alar beriladi va past ko’rsatkichlarga ega bo’lgan o’quvchilar kurslardan chetlashtiriladi.

5. Bitiruv

1. Bitiruvchilarga qo’yiladigan talablar:

• O’quvchilar bir yillik dasturni tamomlashlari shart;

• Trimester imtihonida o’quvchilar kamida 40 ball to’plashlari kerak.

2. O’quvchilar quyidagi hollarda tayyorgarlik kursidan chetlashtirilishi mumkin:

• o’z xohishiga ko’ra;

• past akademik ko’rsatkichlar sababli;

• bir trimestrda jami akademik soatlarning 1/6 qismidan ko’prog’ida uzrli sababsiz qatnashmaganligi, o’quv intizomi, ichki tartib qoidalarini buzganlik sababli.



Plan a visit to Inha University in Tashkent

Contact us >

Apply to Inha University in Tashkent

Apply >