Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 30-noyabr kuni Universitetning Tibbiyot xizmati shifokori B.Musayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonining mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Universitetning tegishli mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish savollarga va bahs munozaraga boy tarzda o‘tdi.