Toshkent shahridagi Inha universiteti va O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

9 mart kuni, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov va O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi prezidenti Doniyor Djurayev o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
 
Memorandum doirasida tomonlar axborot texnologiyalarini rivojlantirish muximligini hisobga olgan holda kibersport sohasida mutaxassislarni tayyorlashda xamkorlik qiladilar.
 
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy maqsadlari – xalqaro sport harakati doirasida Toshkentda talabalar kibersportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, talabalar muhitida sport va axborot madaniyatini targ‘ib qilish, kibersport va IT sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.