11- fevral kuni INHA universiteti (Koreya) delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, biznes boshqaruvi fanlari nomzodi , Biznes ta’limini akkreditatsiya qilish markazi direktori, Inha universitetining xalqaro biznes va savdo kafedrasi dotsenti Greys Kyung Mi Bae hamda Ye Jin Li, INHA universiteti Biznes ta’limini akkreditatsiya qilish markazi tadqiqotchisi ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun amaldagi xalqaro akkreditatsiya (SBL) muddatini 2023-yilgacha uzaytirish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.