24-aprel kuni INHA universiteti gospitali va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida “Bemorlarni yo‘naltirish xizmati ofisi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

24-aprel kuni INHA universiteti gospitali va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida “Bemorlarni yo‘naltirish xizmati ofisi”ni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va INHA universiteti gospitali prezidenti, professor Lee Tack markazning rivojlanishi va vazifalarini muhokama qildilar. Ushbu Ofis og‘ir bemorlarni Koreyadagi INHA universiteti professorlariga yo‘naltirib konsalting xizmatini amalga oshiradi va tibbiy turizm yordamidi Koreya Respublikasiga tashxis uchun yuboriladi.

Kelgusida ushbu ofis orqali keyingi bosqichda tashxis qo‘yish, ya’ni diagnostika markazi ochilishi, IT tibbiyot sohasini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda kasalxona barpo etish rejalari aytib o‘tildi.

Qayd etish joizki, INHA universiteti gospitali Janubiy Koreyadagi yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. U o‘zining yuqori sifatli tibbiy xizmatlari, ilg‘or texnologiyalari va tadqiqot faoliyati bilan mashhur.