Elektron xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 13 iyul kuni raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqida Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdimotda davlatimiz rahbari loyihalarni jadallashtirish, hududlarda elektron xizmatlar qamrovini kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Raqamli iqtisodiyot xizmatlarini 16 trillion so‘mga, kompyuter dasturlari eksportini 40 million dollarga yetkazish mumkinligi aytib o‘tildi.
Mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 100 taga yetkazish, xususan, kommunal soha, kadastr, soliq, bojxona, pensiya va mehnatga oid ma’lumotlarni olishda qulayliklarni oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga vazir portali, viloyat, tuman va shahar hokimlari portallarini shakllantirish, ulardagi ma’lumotlarni muntazam tahlil qiladigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Davlat va xo‘jalik organlari xodimlarining raqamli texnologiyalar bo‘yicha savodxonligini oshirish muhimligi qayd etildi.
 
Foto: Prezident Matbuot xizmati