“Koreya muhandislik ta’limi jamiyati” (KSEE) prezidenti Dr. Sung Jin Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda nafaqat IT sohasida, balki boshqa muhandislik sohalarida ham muhandislik yonalishidagi professorlarni jalb qilish uchun Markaziy Osiyo muhandislik ta’limi jamiyatini (KSEE) tashkil etish taklif etildi.
KSEE faoliyati asosan Koreyaning muhandislik infratuzilmasini yaxshilash, tadqiqot yo‘nalishlarini kengaytirish, ichki va xalqaro hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan.
Shuningdek, ushbu jamiyat simpoziumlar va seminarlar, Muhandislik ta’limi bo‘yicha yillik konferensiya, Muhandislik ta’limi pedagogikasi va etikasi bo‘yicha seminarlar tashkil etish bilan ham shug‘ullanadi.  Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universitetini jamiyat a’zolari qatoriga qo‘shish, shuningdek, turli qo‘shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish va ularda ishtirok etish, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba tadqiqotchilarning maqolalarini KSEE jurnallarida chop etish masalalarini muhokama qildik.