Koreyaning Eximbank katta ijrochi direktori va iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi Yevrosiyo-O‘rta Sharq bo‘yicha guruh direktori bilan uchrashuv

Ish safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning Eximbank katta ijrochi direktori Xvan Ki Yon va iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi Yevrosiyo-O‘rta Sharq bo‘yicha guruh direktori Sandjin Kan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Koreya Eximbank bilan hamkorlikda A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan “Milliy o‘quv elektron kutubxonasi” (NEEL) loyihasining muvaffaqiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Koreya Eximbank bilan hamkorlikda davlat xizmatlari va mavjud ma’lumotlar bazalarini raqamlashtirish yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi