Ma’rifat ulashib

Joriy yilning 24-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli o’zbek adiblari Jabbor Eshonqulov va Amir Xudoyberdilar “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Mazkur uchrashuvda adiblar o’zlarining hayot yo’llari, asarlari haqida talabalarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.