«Ma’rifat ulashib»

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar Jabbor Eshonqulov va Amir Xudoyberdining Mirzo Ulug‘bek tumani “Olimlar” mahallasida joylashgan 27-umumta’lim maktabiga tashriflari tashkil etildi.
Tashrif davomida adiblar maktab o‘quvchilariga o‘zlarining she’r va asarlari, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan she’riyat va badiiy adabiyotga qiziquvchi yoshlar tomonidan ularning asarlaridan parchalar o‘qildi. Tadbir so‘ngida o’quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.