Nazarboyev universiteti vakillari TShIUga tashrif buyurdi

30-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Nazarboyev universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar talabalar almashinuvi dasturi va sun’iy intellekt sohasida hakaton o‘tkazish rejalarini muhokama qildilar, shuningdek, yozgi maktab dasturlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.