Raqamli texnologiyalar vazirligi va INHA universiteti o‘rtasida Toshkent shahridagi Inha universitetini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv hujjati imzolandi.

24-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi va INHA universiteti o‘rtasida Toshkent shahridagi Inha universitetini rivojlantirish bo‘yicha kelishuv hujjati imzolandi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qildilar. Toshkent shahridagi Inha universitetining 10-yilligi arafasida, muzokaralar hamkorlikning uchinchi bosqichiga o‘tishni samarali boshlash va o‘zaro kelishuv Royalty shartnomasini imzolash, institutlar o‘rtasida kengroq hamkorlik, shuningdek, yangi kurslar va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabilarni o‘z ichiga oldi.