Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va bitiruvchilari “Prezident Tech Award” tanlovi sovrindori bo‘ldilar

 

25 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida raqamli texnologiyalar sohasidagi eng ilg‘or startap loyihalarini aniqlashga qaratilgan “President Tech Award” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar sohadagi ilg‘or tendensiyalarni aks ettiruvchi turli g‘oya va ishlanmalarni taqdim etdilar.

Bugun hakamlar hay’ati ekspertlari g’oliblarni e’lon qildilar. Tanlovda 5 ta yo‘nalish bo‘lib, shulardan 3 tasida Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoalari g‘olib chiqdilar!🔥👏🏼

Sunʼiy intellekt texnologiyalari;
Tahrirchi – 1-o‘rin va 100 000 AQSh dollari

Ijtimoiy yoʻnalishdagi raqamli texnologiyalar;
Lalu – 2-o’rin va 50 000 dollar

Kompyuter va mobil o’yinlar dasturlari:
The Rise of Jaloliddin– 2-o‘rin va 50 000 dollar

G‘oliblarni tabriklaymiz, talabalarimiz va bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz!👏🏼