Toshkent shahridagi Inha universitetida MyCareer.uz dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bosh ofisi Latviyada joylashgan MyCareer.uz dasturi Yevropa loyihalarida malaka oshirish va ishlashga qiziqqan yosh mutaxassislar va talabalar uchun amaliyot o‘tash dasturidir.
Taqdimot Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Amiti universiteti talabalari uchun o‘tkazildi.
Biznesni rivojlantirish menejeri Vitalijs Sevcenko va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha menejeri Emils Intenbergs dastur va potentsial nomzodlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida so‘zlab berishdi.