Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
29-iyun kuni Italiya va Buyuk Britaniya dasturlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayoni Britaniya va Italiya akademik hamkorlari vakillari nazorati ostida o‘tkazildi, bu esa xalqaro standartlarga muvofiqlik, baholashning xolisligi va shaffofligini ta’minlaydi. Har bir imtihon auditoriyasi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, imtihon jarayoni jonli efirda namoyish etilmoqda.
Avvalroq, 27–28-iyun kunlari universitetda «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda «Biznes va logistika» yo‘nalishlari bo‘yicha Koreya dasturiga birinchi kirish imtihonlari o‘tkazilgan edi.
