28-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida XEI Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sektorining barcha hududlarida «AKTda Qizlar» kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbir doirasida onlayn muloqot va “Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish” davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbir gender raqamli tafovut, STEM-ta’limni targ’ib qilish va raqamli ko’nikmalarga o’rgatish bo’yicha xabardorlikni oshirishga yordam beradi, shuningdek, qizlar va yosh ayollar o’rtasida AKT karerasini rag’batlantirishga ta’sir qiladi.

Sessiyalar gibrid oflayn + onlayn formatda o’tkazildi.

Tadbirlar “Kirish va xavfsizlik” umumiy shiori bilan birlashtirilgan va qizlar raqamli muhitda duch keladigan to’siqlarni yengib o’tishga qaratildi.