Muvaffaqiyatli talabalar

Bitiruvchilarimiz o‘z yo‘llarini topishlari hamda dunyoni hamma uchun yaxshiroq joyga aylantirishlari bilan bizni har kuni faxrlantiradilar. Bitiruvchilarimiz intellektual va hissiy, professional va shaxsiy jihatdan o‘zlariga mos yo‘lni tanlashga hamda ushbu yo‘ldan quvonch va g‘ayrat bilan borishga tayyordirlar.

Dilmurod Yangiboyev – Tesla (AQSh)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Dilmurod Yangiboyev Tesla (AQSh) kompaniyasida Quality Assurance Engineer sifatida ish boshladi.

«Inha Universitetiga fundamental bilimlar va amaliy tajriba uchun minnatdorman, chunki ular mening kasbiy yo‘limda muhim rol o‘ynadi. Kuchli o‘quv dasturi, innovatsion yondashuv va professorlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli men murakkab muammolarni samarali hal qilishni va zamonaviy texnologik talablarga moslashishni o‘rgandim. Universitet men uchun nafaqat kasbiy, balki shaxsiy rivojlanish uchun ham noyob muhit yaratdi va o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga yordam berdi. Ushbu bilim va ko‘nikmalar menga dunyoning yetakchi texnologik kompaniyalaridan birida ishlash orzusiga erishishda katta ahamiyat kasb etdi.»

Ozodbek Kamolov – Uber (Niderlandiya)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Ozodbek Kamolov Uber (Niderlandiya) kompaniyasida Software Engineer sifatida faoliyatini boshladi.

«Inha Universitetida o‘tkazgan yillarim men uchun bebahodir. O‘qish davomida olgan amaliy loyihalar, jamoaviy ish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari real texnologiya industriyasi muhitida ishlashga tayyorladi. Universitetning innovatsiyaga bo‘lgan e’tibori va tanqidiy fikrlashga urg‘u berishi menga Uber kabi kompaniyalarda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni berdi. Inha bitiruvchisi ekanligimdan faxrlanaman va barcha talabalarni universitetning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga undayman.»

Mukhammadjon Toshpulatov – Google Gmail

Mukhammadjon Toshpulatov Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Google Gmail jamoasida Android Developer lavozimini egalladi.

«Inha Universitetida o‘qish mening kelajagimni shakllantirishga va maqsadlarimga erishishga yordam berdi. Ta’lim jarayonida olgan texnik bilimlarim va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarim texnologiya dunyosida juda muhim bo‘ldi. Universitetdagi hamkorlik muhiti va innovatsion yondashuv mening shaxsiy va professional o‘sishimga katta hissa qo‘shdi. Menga doim qo‘llab-quvvatlovchi professorlarim va kursdoshlarim uchun minnatdorman. Hozirgi talabalarni o‘z orzulariga ishonch bilan intilishga chaqiraman.»

Kudratillo Ismatov – Amazon

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Kudratillo Ismatov Amazon kompaniyasida Software Development Engineer sifatida ish boshladi.

«Menga mustahkam texnik asos va kasbiy jihatdan o‘sish imkoniyatini bergan ajoyib ta’lim uchun INHAdan minnatdorman. Universitet meni tahlil qilishga, murakkab muammolarni hal qilishga va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka o‘rgatdi. Bu orqali men o‘z maqsadimga erishib, Amazon jamoasiga qo‘shildim. Bu tajriba INHA talabalari jahon miqyosida raqobatlasha olishini isbotlaydi.»

Baxtiyor Karimov – Google (AQSH)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Baxtiyor Karimov Google kompaniyasida Software Engineer sifatida ish boshladi.

«INHAda o‘qish hayotimdagi muhim bosqich bo‘ldi. Bu yerda men chuqur bilim oldim, bu menga texnologiya sohasida muvaffaqiyatga erishishimga yordam berdi. Universitet menga tanqidiy fikrlashni, murakkab muammolarni hal qilishni va tez o‘zgaruvchan IT dunyosiga moslashishni o‘rgatdi. O‘qituvchilarning qo‘llab-quvvatlashi, amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion loyihalardan foydalanish imkoniyati mening faoliyatimda muhim rol o‘ynadi.»

Javahir Joraxojayev – Bloomberg va Amazon (AQSH)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Javahir Joraxojayev Bloomberg va Amazonda muvaffaqiyatli karyera qurmoqda.

«Men Inha universitetiga menga taqdim etgan ajoyib imkoniyatlari uchun minnatdorman. Bu yerda men real muammolarni hal qilishni, eng so‘nggi texnologiyalar bilan ishlashni va strategik fikrlashni o‘rgandim. Universitet menga ikkita global kompaniya – Bloomberg va Amazonda karyera qurishimga yordam berdi. Bu talabalar jahon darajasidagi professionallarga aylanadigan joy.»

Yulduz Xo‘jayeva – Ernst & Young

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Yulduz Xo‘jayeva Ernst & Young kompaniyasi xodimi bo‘ldi.

«INHAda o‘qish menga o‘z salohiyatimni ochishga va xalqaro tajriba orttirishga yordam berdi. Universitet menga kuchli akademik tayyorgarlik, shuningdek, yirik xalqaro kompaniyada ishlash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni berdi. Bu yerda men ma’lumotlarni tahlil qilishni, raqamlar bilan ishlashni va Ernst & Young qadrlaydigan qarorlar qabul qilishni o‘rgandim.»

Rustam Zokirov – Google (Myunxen, Germaniya)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Ismoil Alijonov Myunxenda (Germaniya) Google kompaniyasida Software Engineer sifatida ish boshladi.

«Mustahkam ta’lim bazasi va menga taqdim etgan imkoniyatlari uchun Inha universitetidan minnatdorman. Universitet menga nafaqat dasturlashni, balki muammolarni samarali hal qilishni, yangi texnologiyalarga moslashishni va xalqaro muhitda ishlashni o‘rgatdi. Bu ko‘nikmalar menga Germaniyadagi Google jamoasining bir qismi bo‘lishimga yordam berdi. INHA – bu global miqyosda muvaffaqiyatga erishishga intilayotganlar uchun boshlang‘ich maydoncha.»

Darxonbek Mamataliyev – TikTok

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Darxonbek Mamataliyev – iOS katta muhandisi, Uber, shuningdek, Filadelfiyadagi EPAM Global (AQSH) kompaniyasida katta dasturchi (Senior Software Engineer) sifatida tajribaga ega, hozirda TikTok’da ishlaydi.

«Kelajakda menga foydali bo‘lgan bebaho tajriba orttirgan ko‘plab loyihalar uchun Universitetdan minnatdorman. O‘qish yoshlarni har tomonlama rivojlantirish va ijodiy salohiyatini shakllantirishda katta istiqbollarni ochib berishga yordam berdi, individual xususiyatlarni namoyon qilish va turli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi: kommunikativ, yetakchilik, tashkilotchilik. Motivatsiya va olingan bilimlar meni maqsadga erishishimga olib keldi.»

Nuriddin Iminoxunov – Google Developer Group Tashkent (GDG Tashkent)

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Nuriddin Iminoxunov Google Developer Group Tashkent (GDG Tashkent) jamoasini yaratdi. U GDG DevFest festivalining tashkilotchisidir.

«Universitetda o’qish davomida men operatsion tizimlar: mobil dasturlash, raqamlar nazariyasi, sun’iy intellekt, biznes boshqaruvi va axborot havfsizligi sohalariga oid juda katta va bebaho bilimlarga ega bo’ldim».

Abdulloh Asqarov – Microsoft

Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisi Abdulloh Asqarov hozirda Microsoft va Markaziy Osiyodagi Microsoftning yagona hamkoridir. Talaba global kompaniyaning xizmatlarini ilgari surish bilan bir qatorda, Microsoft ko’magi ostida.

IT- ta’limni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlarni o’tkazadi va o’tkazilayotkan tadbirlar orqali O’zbekiston asta-sekin imkoniyatlar mamlakati sifatida Microsoft dunyo xaritasida paydo bo’lmoqda.

«Joriy yilda biz talabalar va professor Francis Tai No rahbarligi ostida biz noyob C-Vision sun’iy ko’rish tizimini ishlab chiqardik».

Muhammadsaid Mamasayidov – Tilmoch

Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisi Muhammadsaid Mamasayidov $300 000 dan ortiq investitsiya jalb qilgan sun’iy intellekt asosidagi tarjima startapi — Tilmoch loyihasining hammuassisi.

«Men Inha universitetiga tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarimni va doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyatimni rivojlantirishga yordam bergani uchun minnatdorman. Bu ko‘nikmalar mening kasbiy faoliyatim va startapimni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Universitet menga muammolarga turli nuqtayi nazardan yondashish, yangi texnologiyalarga moslashish va doimo yangi bilimlarni o‘rganish imkoniyatini berdi. Shuningdek, INHA universitetida ta’lim olish davomida a’zo bo‘lgan kuchli hamjamiyatim uchun ham minnatdorman. Bu hamjamiyat meni hanuzgacha ilhomlantirib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Universitetda o‘qish davomida egallagan bilimlarim, ko‘nikmalarim va orttirgan aloqalarim talabalik davridagi g‘oyani rivojlanayotgan startapga aylantirishda muhim rol o‘ynadi».

Mirvohid Azimov — Markaziy bank

Mirvohid Azimov — Toshkent shahridagi Inha Universiteti bitiruvchisi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida AI Team Lead

«Inha Universiteti menga mustahkam texnik bilim va, eng muhimi, akademik ta’lim doirasidan tashqarida ham rivojlanishga undaydigan muhitni berdi. Aynan shu yerda men ilmiy tadqiqotlar olib borishni, o‘z loyihalarimni ishlab chiqishni va doimo rivojlanishimga ilhom bergan, katta maqsadlarga intiluvchan talabalar bilan hamkorlik qilishni boshladim.

Universitetning qo‘llab-quvvatlashi tufayli Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Shveytsariya va AQShdagi xalqaro tadqiqot loyihalari hamda akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu tajribalar dunyoqarashimni kengaytirdi, kasbiy va liderlik ko‘nikmalarimni mustahkamladi hamda tashabbuskorlik, jamoaviy ish va umrbod ta’limning qadrini anglashga o‘rgatdi.

Ortga nazar tashlar ekanman, Inha men uchun nafaqat diplom olgan joyim, balki real hayotda ta’sir ko‘rsata oladigan texnologiyalarni yaratishga bo‘lgan ishtiyoqimni kashf etgan va global miqyosda katta maqsadlar sari intilish uchun o‘zimga bo‘lgan ishonchimni mustahkamlagan maskan bo‘lganini anglayman».