Maqsadimiz

Toshkent shahridagi Inha universitetining asosiy vazifasi jamiyat va millat taraqqiyoti uchun, yurtimizda AT sohasining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan, yuqori malakali, har tomonlama barkamol mutaxassislarni yetkazib berishdan iborat. IUT oldiga qo‘ygan ustuvor vazifani oqlash maqsadida bakalavriat va magistrlik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga xalqaro standartlar asosida ilm olishga imkoniyat beradi.

Biz uchun ilm izlash, kashfiyotlar, rahbarlik – shaxsiy qobiliyat va ma’suliyat kabi tushunchalar chuqur qiymatga ega. Professor, o‘qituvchilar va talabalar ta’lim dargohining ajralmas jamiyat a’zolari hisoblanadi. Universitet ichidagi qonun-qoidalarga rioya etish, talabalarda ahloq va ma’suliyat hissini o‘stirish, shu jamiyat a’zolarining vazifasiga kiradi. Shuningdek, IUT talabalarning ilmiy izlanishlari, fan va texnika olamidagi yangi g‘oya va dasturlarini amalga oshirishlarida keng imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar yaratadi va ularni rag‘batlantiradi.

Universitet shiori : Muvaffaqiyat shu yerda

IUT Ramzi va timsoli

Toshkent shahridagi Inha universitetining rasmiy ramzi qalqon shaklida tasvirlangan bo‘lib, bu uning Ilm izlash yo‘lidagi kurashida eng avvalo Adolatga suyanishini anglatadi. Qalqon ustida joylashgan tiniq oq rang仁荷(Inha) so‘zining birinchi harfi hisoblanadi. Qalqon asosida joylashgan oq rangli raqamlar Toshkent shahrida Inha universitetining filiali ochilgan yilini belgilaydi. Qalqondagi oq havo rang va to‘q ko‘k ranglar Inha universitetining yillar davomida dengiz va osmon uzra cheksiz parvozi va erishgan yutuqlarining ramziy ifodasidir.

Download Signature

Download Symbol

Download Emblem

Download

Bizning universitetda ta'lim oling

Ko'proq >

Universitetga tashrif buyuring

Aloqa >