TALABALAR TURAR JOYI

2021 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi Talabalar turar joyi o’z talabalari uchun eshiklarini ochdi.

Har bir turar joy qavatida istiqomat qiluvchilar uchun xonalar, shu jumladan o‘quv xonalari mavjud bo’lib, barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan. Turar joyda oshxonalar (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita), ovqatlanish xonasi, hammom hamda hojatxona mavjud. Wi-Fi nuqtalari va xavfsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.

Turar joy ichki jihozlanishi samarali tashkil etilishi uchun Inha universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi birinchi marta qo‘llanildi.

Talabalar turar joyida 200 ta o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 150 tasi o‘g‘il bolalar uchun hamda 50 tasi qizlar uchun mo‘ljallangan.

 

Universitetga tashrif buyuring

Aloqa >

Bizning universitetda ta'lim oling

Ko'proq >