Tayyorlov kurslari haqida

Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazining tayyorlov kurslari o‘rta maktab o‘quvchilari (10-11-sinflar) uchun oliy o‘quv yurtlarining kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish kurslari hisoblanadi. Tayyorlov kurslarida o’qitiladigan asosiy fanlar – matematika, fizika va ingliz tili.

O’quvchilar o’qitish tilini tanlashlari mumkin: rus tili yoki o’zbek tili.

O’quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2 mahal: ertalabki (9.00-13.00) va kunduzgi (14.00-18.00) vaqtdagi kurslar mavjud. Bitta darsning davomiyligi 80 daqiqa.

Mashg’ulotlar haftasiga 3 marta bo’ladi.

O’quv dasturi 9 oyga mo’ljallangan.

O’quv rejasi va o’quv jarayoni

Tayyorlov kurslarining oʻquv dasturi Uzluksiz ta’lim markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti yetakchi oʻqituvchilari hamda INHA universiteti (Janubiy Koreya) professorlari bilan hamkorlikda tuzilgan.

O’qish boshlanishidan oldin barcha o’quvchilar tayyorlov kurslarida o’qishni xohlagan fanlardan test sinovlaridan o’tishlari kerak. Test natijalariga ko‘ra o‘quvchilar bilim darajasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi.

Kirish testi kurs boshlanishidan oldin bir marta o’tkaziladi. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Uzluksiz ta’lim markazi tomonidan oldindan e’lon qilinadi.

Agar o’quvchi tayyorlov kurslarida qatnashish natijasida o’z bilim darajasini oshirsa, unda o’z guruhini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

O’quvchilar har oy oraliq imtihondan o’tadilar va trimestr oxirida trimestr imtihonini topshiradilar. Oraliq nazorat va trimestr imtihonlari natijalariga ko’ra o’quvchi bilim darajasi bo’yicha boshqa guruhga o’tkaziladi.

Tayyorlov kurslarining yakuniy imtihonlarida qatnashish uchun o’quvchilar tanlangan fakultetga muvofiq kurs davomida kamida ikkita asosiy fan bo‘yicha kurs o‘tashlari kerak.

 

Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazining 2021/22 o‘quv yili uchun trimestr tizimi bo‘yicha tahsil olayotgan o’quvchilar uchun o‘quv jarayoni jadvali

Trimestr

O’qish davri

Imtihonlar

Bayramlar

1-oraliq

2-oraliq

3-oraliq

Trimestr

1-trimestr

24.08.2021-28.11.2021

24.09.2021

25.10.2021

22.11.2021

28.11.2021

29.11.2021-04.12.2021

2-trimestr

06.12.2021-12.03.2022

05.01.2022

02.02.2022

02.03.2022

06.03.2022

07.03.2022-12.03.2022

3trimestr

14.03.2022-12.06.2022

11.04.2022

11.05.2022

08.06.2022

12.06.2022

 

Eslatma

Dam olish kunlari: 8-dekabr, 31-dekabr, 8-mart, 21-mart, 9-may

Oraliq nazorat imtihonlari vaqtini o’zgartirishga ruxsat beriladi

Intizomiy javobgarlik

Tayyorlov kurslarida o’quvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari kerak:

  • Barcha talabalar, professor-o’qituvchilar, xodimlar va Universitetga tashrif buyuruvchilar bilan xushmuomala bo’lish, baland ovozda gaplashmaslik (shu jumladan telefonda), qo’pol munosabatda bo’lmaslik va koridorlarda yugurmasligi;
  • Auditoriyada planshetlar, ovoz yozish moslamalari, pleyerlar, kameralar va boshqa elektron qurilmalardan faqat o’qituvchining ruxsati bilan foydalanishi;
  • Universitetning mulki va jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish va Universitet hududida tozalikni saqlashi kerak.