MBA dasturi uchun 2026-yil qabul bo‘yicha yo‘riqnoma

Kuzgi semestr

(Biznes boshqaruvi yo‘nalishidagi magistratura)

 

1. 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotasi

Yo‘nalish

Kvota

1-imtihon

2-imtihon

3-imtihon

Xalqaro talabalar

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

50

50

To‘lmagan kvota

To‘lmagan kvota

10

Agar abituriyentlarning IUT kirish imtihoni natijalari Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa, qabul kvotasi to‘liq to‘ldirilmasligi mumkin.

2. 2026–2027 o‘quv yili qabuli uchun talablar

2.1 IUT kirish imtihoni asosida qabul

— mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (universitetlar)dan bakalavr diplomiga ega bo‘lgan bitiruvchilar yoki yilning birinchi yarmida bitiruvchi bo‘ladigan talabalar.

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar quyidagi Ingliz tili darajasi talabiga javob berishi lozim:

Yo‘nalish

Rasmiy ingliz tili test sertifikati uchun minimal talab*

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

IELTS: 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT: 50 yoki undan yuqori

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (universitetlarni) ingliz tili davlatning ona tili yoki rasmiy tili hisoblangan mamlakatlarda ingliz tilida tamomlagan bitiruvchilar, shuningdek O‘zbekistondagi ingliz tilida o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod etiladi.

Shuningdek, ikkinchi semestr yakunlangach, talabalardan Koreyada ta’lim dasturida ishtirok etish uchun viza olish maqsadida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga amal qiluvchi IELTS sertifikatini taqdim etish talab qilinishi mumkin.

2.2 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Quyidagi talablarga javob beradigan talabalar Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul jarayonida ishtirok etish huquqiga ega:

  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar, shuningdek mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (universitetlar)ning bitiruvchisi bo‘lishi kutilayotgan talabalar.
  • Xorijiy pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston fuqarolari bundan mustasno). Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan nomzodlar TshIUga kirish imtihonini topshirish huquqiga ega emas. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Ingliz tili darajasi talablariga javob berishi lozim.

Yo‘nalish

Rasmiy ingliz tili test sertifikati uchun minimal talab*

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

IELTS: 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT: 71 yoki undan yuqori

* Eslatma: Oliy ta’limni (universitet) ingliz tili davlatning ona tili yoki rasmiy tili hisoblangan mamlakatda ingliz tilida tamomlagan shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni ingliz tilida tamomlagan abituriyentlar rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod etiladi.

 

Shuningdek, ikkinchi semestr yakunlangach, talabalardan Koreyada ta’lim dasturida ishtirok etish uchun viza olish maqsadida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga amal qiluvchi IELTS sertifikatini taqdim etish talab qilinishi mumkin.

 

3. 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayoni

IUT kirish imtihoni (intervyu) uch marotaba o‘tkaziladi

Bosqich

Sana

1-imtihon

21-may (payshanba) – 22-may (juma)

2-imtihon

18-iyun (payshanba) – 19-iyun (juma)

3-imtihon

15-iyul (chorshanba) – 16-iyul (payshanba)

Qabul to‘lovi barcha imtihonlar uchun undiriladi.

  • Ariza topshirish to‘lovi: 300 000 so‘m (yoki 30 AQSh dollari).
  • 3-imtihon joriy yilda qabul qilingan abituriyentlar soni hamda o‘tgan yil to‘ldirilmagan kvotalarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi mumkin

* Qabul jadvali kutilmagan holatlar sabab o‘zgartirilishi mumkin.

3.1  Oddiy qabul jarayoni

3.1.1 IUT kirish imtihoni asosida qabul
Saralash jarayoni:

Yo‘nalish

Tafsilotlar

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi

Qabul omillari va baholash mezonlari:

Yo‘nalish

Qabul baholashi

Tafsilotlar

Qabul mezonlari

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

Hujjatlar: 50 ball

Intervyu: 50 ball

Bakalavr o‘rtacha bali (CGPA): 20 ball

Ingliz tilini bilish darajasi: 30 ball

Ingliz tilida onlayn intervyu: 50 ball

Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi.

(Ammo, intervyu bahosining 50% dan kamini olgan nomzodlar tanlanmaydi)

* Agar baholash natijalarida ikki va undan ortiq nomzodlarning o‘tish ballari teng bo‘lsa, barcha shu turdagi nomzodlar qabul qilinadi.

3.2 Xalqaro abituriyentlar uchun maxsus qabul

Saralash jarayoni:

Yo‘nalish

Tafsilotlar

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

– Turi: Hujjatlar asosida baholash + suhbat

– Hujjatlarni baholash mezonlari: bakalavr umumiy o‘rtacha balli (CGPA), ingliz tili darajasi

– Suhbatni baholash mezoni: ingliz tilida suhbat (to‘liq qobiliyatni chuqur baholash)

 

Baholash mezonlari:

Yo‘nalish

Qabul baholashi

Tafsilotlar

Qabul mezonlari

Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura)

Hujjatlar: 50 ball

Intervyu: 50 ball

Bakalavr o‘rtacha bali (CGPA): 20 ball

Ingliz tilini bilish darajasi: 30 ball

Ingliz tilida onlayn intervyu: 50 ball

Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi.

Abituriyentlar hujjatlari to‘liq topshirilganidan so‘ng rolling basis (bosqichma-bosqich) tartibida ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Suhbat abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkaziladi.

Ingliz tilini bilish darajasi, akademik qobiliyatlar, professional tajriba va rivojlanish salohiyatini har tomonlama baholagandan so‘ng, belgilangan kvota doirasida tegishli miqdordagi muvaffaqiyatli nomzodlar tanlanadi.

4. Ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar

Asosiy qabul:
Ariza topshirish tartibi: IUT onlayn ariza platformasi orqali ariza shaklini to‘ldirish: (//inha.uz/apply/)

Talab etiladigan hujjatlar (onlayn ariza tizimi orqali yuklanishi shart):

  • Pasport yoki yashash ruxsatnomasining nusxasi;
  • So‘nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat (3,5 sm × 4,5 sm);
  • Diplomning nusxasi yoki uning tasdig‘ini ko‘rsatadigan ma’lumotnoma yoki universitetda o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma;
  • Rasmiy ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki oliy ta’lim ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
  • Oliy ta’lim transkripti nusxasi (umumiy o‘rtacha ball CGPA ko‘rsatilishi shart);
  • Shaxsiy bayonet (taqdim etilgan shaklda) – YUKLAB OLISH

Barcha talab etilgan hujjatlar, ayniqsa Rasmiy ingliz tili sertifikati, belgilangan muddatgacha topshirilishi shart

Shuni ma’lum qilamizki, agar taqdim etilgan hujjatlar, xususan Rasmiy ingliz tili sertifikati yoki abituriyentning ta’limi ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy xat qasddan soxtalashtirilgan yoki qalbakilashtirilgan bo‘lsa, abituriyentning qabul qarori istalgan vaqtda bekor qilinadi hamda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:

Bo‘lim

Topshirish muddati

Izoh

IUT 1- va 2-kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar

21-iyul, 2026 (juma)

Faqat 2024-yil 26-iyuldan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi

IUT 3-kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar

22-avgust, 2026 (shanba)

Faqat 2024-yil 23-avgustdan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi

 

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Ariza topshirish tartibi: IUT onlayn ariza platformasi orqali ariza shaklini to‘ldirish (//inha.uz/apply/)

Kerakli hujjatlar (faqat onlayn ariza topshirish sayti orqali taqdim etilishi shart):

  • Pasport yoki yashash ruxsatnomasining nusxasi;
  • So‘nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat (3,5 sm × 4,5 sm);
  • Diplomning nusxasi yoki uning tasdig‘ini ko‘rsatadigan ma’lumotnoma yoki universitetda o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma;
  • Rasmiy ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki oliy ta’lim ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
  • Oliy ta’lim transkripti nusxasi (umumiy o‘rtacha ball CGPA ko‘rsatilishi shart);
  • Shaxsiy bayonet (taqdim etilgan shaklda) – YUKLAB OLISH
  • O‘qish rejasi;

Rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:

Sertifikatini topshirish muddati: 2026-yil, 22-avgust (shanba); faqat 2024-yil 23-avgustdan keyin olingan test natijalari natijalari qabul qilinadi.

5. 2026–2027 o‘quv yili qabul taqvimi

5.1 1-kirish imtihoni

Jarayon

Sanalar

Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya

13-aprel (dushanba) – 8-may (juma)

Nomzodlarni tayyorlash

11-may (dushanba) – 20-may (chorshanba)

Qabul uchun intervyu o‘tkazish

21-may (payshanba) – 22-may (juma)

Natijalarni e’lon qilish

2-iyun (seshanba)

Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish

2-iyun (seshanba) – 12-iyun (juma)

5.2 2-kirish imtihoni

Jarayon

Sanalar

Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya

11-may (dushanba) – 5-iyun (juma)

Nomzodlarni tayyorlash

8-iyun (dushanba) – 17-iyun (chorshanba)

Qabul uchun intervyu o‘tkazish

18-iyun (payshanba) – 19-iyun (juma)

Natijalarni e’lon qilish

1-iyul (chorshanba)

Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish

8-iyul (chorshanba) – 17-iyul (juma)

5.3 3-kirish imtihoni

Jarayon

Sanalar

Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya

8-iyun (dushanba) – 3-iyul (juma)

Nomzodlarni tayyorlash

6-iyul (dushanba) – 14-iyul (seshanba)

Qabul uchun intervyu o‘tkazish

15-iyul (chorshanba) – 16-iyul (payshanba)

Natijalarni e’lon qilish

29-iyul (chorshanba)

Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish

29-iyul (chorshanba) – 7-avgust (juma)

6. Kontrakt to‘lovi

Mahalliy talabalar

Xalqaro talabalar

46,500,000 UZS (2026-2027)

5,900 USD (2026-2027)

* 2026–2027 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovi 2026 yil avgust oyiga qadar belgilanadi.

7. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar

Rasmiy veb-sahifa

//www.inha.uz

Toshkent shahridagi Inha Universitetiga qabul bo‘yicha qo‘llanma

//inha.uz/postgraduate/application-guideline-m/

Toshkent shahridagi Inha Universitetiga qabul (ariza topshirish)

//inha.uz/apply/

Telegram-bot по приему

AskInhaBot

Телефон

 +998 71 289 99 94

Faks

+998 71 269 00 58

Elektron pochta

 admissions@inha.uz

Manzil

100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi 9

Ish vaqti

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00