O’qish uchun to’lov

Toshkent shahridagi Inha Universitetiga 2023-2024 yil bo’yicha qabul qilish  ko’rsatmalari

Mahalliy talabalar

SOCIE 34 650 000
SOL 36 300 000

Xalqaro talabalar

SOCIE 5000$
SOL 5250$
Shuni aytish joizki, mahalliy talabalar (O’zbekiston fuqarolari) o’qish uchun shartnoma narhlari (o’zbek valyutasida), chet ellik talabalar uchun (chet el passport egalari) AQSh dollarida to’lanadi.

Bank ma’lumoti:

Recipient: Inha University in Tashkent
TIN:  302913673
IBT: 00401
Recipient’s Bank: AT Alokabank
Current account:  2021 0000 9003 1446 1001

Shartnoma quyidagi tugma yordamida yuklab olinishi mumkin

Shartnomani yuklab olish

Shartnoma to’lovini onlayn to’lash bo’yicha ko’rsatmalar

Hozirda TshIU talabalari Click.uz, Payme.uz ilovalari orqali o‘quv to‘lovlarini o‘tkazishlari mumkin.

Click.uz ilovasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar

  1. Ilovaga kiring, «Ta’lim» bo’limini tanlang.
  2. Ushbu bo’limda – Universitet nomi so’z bilan yozilgan yoki universitet logotipini bosish orqali Inha Universitetini toping.
  3. Toʻlov turi: ➡️ Kontrakt toʻlovi ➡️ Yo’qolgan ID karta uchun ➡️ Kirish imtihonlari uchun toʻlov.
  4. To‘lovni amalga oshirish uchun siz abonent IDsini (talabaning shaxsiy identifikatori) kiritishingiz kerak.

Eslatma: 200 ming so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lgan summani to‘lash mumkin.

Payme ilovasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar

  1. Ilovaga kiring, «Ta’lim» bo’limini tanlang.
  2. Ushbu bo’limda Inha logotipi ko’rsatilgan belgini toping. Logotipning ochiq fonida ➡️ talabalar uchun toʻlov, to’q rangdagi fonda esa ➡️ abituriyentlar uchun to’lov qilish mumkin
  3. Abituriyentlar uchun mavjud abituriyent IDsi  va to’lov miqdorini kiriting.
  4. Talabalar uchun talabaning ID raqamini kiriting, kerakli to’lov miqdorini ko’rsating va to’lovni amalga oshiring.

Eslatma! Iltimos, ID ma’lumotlaringizni to’g’ri kiritishingiz kerakligini unutmang. Quyida ID ma’lumotlarini to’g’ri va noto’g’ri kiritish bo’yicha na’muna keltirilgan.