TOSHKENT SHAHRIDAGI INHA UNIVERSITETI

 Bakalavriat dasturlari uchun

Qabul-2024 Qo‘llanmasi

1. 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul kvotasi

 

Yo‘nalishlar     Davlat granti asosida     To‘lov-kontrakt asosida   Har bir yo‘nalish uchun  umumiy kvotalar  soni 
  Kompyuter va dasturiy
injiniring 
60 240 300
Biznes boshqaruvi 15 65 80
  Logistika menejmenti 15 65 80
Umumiy kvotalar soni 460

*Kvotalar soni o‘zgarish ehtimoli mavjud 

Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar TshIUda ta’lim dasturining birinchi yilini o‘qib tugatganlaridan so‘ng,  TshIU reglamentiga ko‘ra, ikkita mutaxassislikdan birini (Kompyuter va dasturiy injiniring hamda Axborot va kommunikatsiya injiniringi) tanlashadi.

Biznes va Logistika yo‘nalishiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar Biznes boshqaruvi (80 ta kvota) va Logistika menejmenti (80 ta kvota) mutaxassisliklaridan birini tanlashlari shart. Abituriyentlar bir vaqtning o‘zida ikkala mutaxassislikka hujjat topshira olishmaydi.

Yakuniy imtihon topshirgan Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalari orasidan 72 tasi (240 taning 30%i) Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga, 19 tasi (65 tadan 30%) Biznes boshqaruvi mutaxassisligiga va 19 tasi (65 tadan 30%) Logistika menejmenti mutaxassisligiga qabul qilinadi.

Shuningdek, TShIUga kirish imtihonlari, Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonlarida, hujjatlarni ko‘rib chiqishda va suhbat jarayonida (chet ellik talabalar uchun maxsus qabul) to‘plangan ballar INHA universiteti qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa, qabul kvotasi to‘lmasligi mumkin.

2. 2024/2025-akademik o‘quv yili uchun qabul talablari

2.1.   TshIUga kirish imtihonlari qabuli

Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar TshIUga kirish imtihonlarini topshirish huquqiga ega:

– mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki 2024-yilning 1-yarmida bitiruvchi o‘quvchilar.

Koreys fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar TshIUga kirish imtihonini topshirish huquqiga ega emas. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Kirish imtihonini topshiruvchi abituriyentlar ingliz tilini bilish talabiga javob berishlari kerak:

Yo‘nalishlar Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab*
Kompyuter va dasturiy injiniring IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori
Biznes va Logistika IELTS : 5.5 yoki undan yuqori/ TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori

* Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar.

2.2.   Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga qabul

Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonini topshirish huquqiga ega:

      mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki hozirda Universitetning tayyorlov kursida ta’lim olayotgan o‘quvchilar.

  Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonini topshirish huquqiga ega emaslar. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonidan o‘tgan abituriyentlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim:

Yo‘nalishlar Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab*
Kompyuter va dasturiy injiniring IELTS : 5.0 yoki undan yuqori /  TOEFL iBT:   50                  
yoki undan yuqori
Biznes va Logistika IELTS : 5.5 yoki undan yuqori /   TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori

* Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar.

Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslarining yakuniy imtihonidan o‘tgan, ammo 2024/2025 o‘quv yili boshlanishidan oldin litsey/kollej/o‘rta maktab diplomiga yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo‘lmagan abituriyentlar faqat litsey/kollej/o‘rta maktab yoki unga tenglashtirilgan diplomni olganlaridan so‘ng TshIUda o‘qishlari mumkin.

2.3 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

2.3.1. Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Quyidagi barcha talablarga javob beradigan nomzodlar Universitetning Xalqaro talabalar uchun maxsus qabuliga hujjat topshirish huquqiga ega:

– mahalliy yoki xorijiy litsey, kollej, o‘rta maktab bitiruvchilari yoki 2024-yilning 1-yarmida bitiruvchi o‘quvchilar.

– chet el fuqaroligiga ega abituriyentlar Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul kirish imtihonini topshirish huquqiga ega. Ammo, Koreya Respublikasi pasportiga ega bo‘lgan abituriyentlar Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul kirish imtihonini topshirish huquqiga ega emas. Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlar (Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar) Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabuli uchun nomzodlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim:

Yo‘nalishlar Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab*
Kompyuter va dasturiy injiniring IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori
Biznes va Logistika IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori

*Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda  o‘rta maktab yoki universitetni tugatganlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar. 

2.3.2. Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari uchun maxsus qabul

Chet elda yashovchi Koreya fuqarosi boʻlgan yoki Koreyadan tashqarida boshlangʻich, oʻrta yoki oliy taʼlimni tamomlagan 2024-yilda Inha universitetiga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabalar quyidagi havolaga tashrif buyuring:

//admission.inha.ac.kr/cms/FR_CON/index.do?MENU_ID=160 

 

Chet elda yashovchi Koreya fuqarosi bo‘lgan talabalar quyidagi ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak:

Yo‘nalishlar Ingliz tilini bilish sertifikatiga bo‘lgan minimal talab*
Kompyuter va dasturiy injiniring IELTS : 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 50 yoki undan yuqori
Biznes boshqaruvi va logistika IELTS : 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT : 71 yoki undan yuqori

*Eslatib o‘tamizki, ingliz tili o‘z ona tilisi bo‘lgan yoki rasmiy davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda ingliz tilida oliy ta’limni (universitetni) tamomlaganlar rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinadilar.

 

3.     2024-2025 o‘quv yili uchun qabul jarayoni

TshIU bakalavriat dasturiga kirish imtihonlari – 3 marotaba va Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni 1 marta o‘tkaziladi:

Kirish imtihonlari Imtihon sanalari
1 –  kirish imtihoni 4-may (Shanba) – 5-may (Yakshanba)
2 –  kirish imtihoni 21-iyun (Juma) – 23-iyun (Yakshanba)
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni 24 – iyun (Dushanba)
3 – kirish imtihoni 27 – iyul (Yakshanba)
  • Qabul to‘lovi barcha imtihonlar uchun to‘lanishi kerak (UTM yakuniy imtihonidan tashqari).
  • Ariza topshirish uchun to‘lov: 200,000 so‘m (yoki 20 USD)
  • 3 – imtihon joriy yilgi qabul holati va o‘tgan yilgi to‘ldirilmagan kvotaning holatiga ko‘ra o‘tkaziladi.

3.1. Qabul jarayoni

3.1.1. TshIUga kirish imtihonlari qabuli 

Saralash tartibi: TshIU kampusida yozma tarzda

Qabul kriteriyalari va baholash mezoni:

Yo‘nalishlar Baholash mezoni Qabul kriteriyalari
  Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi                                                                     (to‘lov-kontrakt uchun)   Matematika – 70 ball
Fizika – 30 ball 
      Reyting asosida muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar (to‘ldirilmagan) qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi
  Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi                         (davlat granti uchun)
      Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi    (to‘lov-kontrakt uchun)        Matematika – 100 ball
    Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi                                      (davlat granti uchun)

 

 Kirish imtihon fanlari va belgilangan vaqt:

Yo‘nalishlar Imtihon tafsilotlari
    Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi
(to‘lov-kontrakt uchun)
  • Imtihon shakli: Yozma test (30 ta test)
  • Fanlar: 21 ta matematika, 9 ta fizika fanidan savollar 
  • Vaqt: 60 daqiqa
    Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi
(davlat granti uchun)
  • Imtihon shakli: Yozma test (40 ta test)
  • Fanlar: 20 ta matematika, 20  ta fizika fanidan savollar 
  • Vaqt: 100 daqiqa
 

    Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi 

(to‘lov-kontrakt uchun)

  • Imtihon shakli: Yozma test (30 ta test)
  • Fanlar: 30 ta matematika fanidan savollar
  • Vaqt: 60 daqiqa
 

 Biznes boshqaruvi va Logistika yo‘nalishi 

(davlat granti uchun)*

  • Imtihon shakli: Yozma test (40 ta test)
  • Fanlar: 40 ta matematika fanidan savollar
  • Vaqt: 80 daqiqa

DIQQAT QILING: Nomzodlar Kompyuter va dasturiy injiniring yoki Biznes Logistika yo‘nalishlaridan biriga hujjat topshirishlari shart, ikkala yo‘nalishga bir vaqtning o‘zida hujjat topshirish mumkin emas.

Ikkala yo‘nalish uchun ham ikki xil qabul tanlovi mavjud: davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida.

Quyidagi barcha  talablarga javob beradigan abituriyentlar grant asosida qabul qilinish uchun muvaffaqiyatli nomzodlar sifatida tanlanadi: 

  1. Inha universiteti Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan qabul imtihoni uchun minimal o‘tish mezonlari: kontrakt-to‘lov asosidagi 1-kirish imtihonidagi minimal balldan yuqori ball to‘lagan nomzodlar.
  2. Abituriyentlar 2-kirish imtihonida bir vaqtning o‘zida ham grant,  ham to`lov-kontrakt asosidagi qabul uchun ariza topshira OLISHMAYDI.
  3. Davlat granti asosida o‘qish uchun imtihon topshirgan abituriyentlar orasidan Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun oltmish (60)* nafar talaba, Biznes boshqaruvi uchun o‘n besh (15)* nafar talaba hamda Logistika menejmenti o‘n besh (15)* nafar talaba  mos ravishda test baholari natijasi asosida tanlab olinadi.
  4. Davlat granti  asosidagi imtihondan o‘ta olmagan abituriyentlar, agar ularning ballari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlarga javob bersa, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishlari mumkin.

              *Kvotalar soni o‘zgarish ehtimoli mavjud

Baholash jarayonida abituriyentlarning ballari teng bo‘lib qolsa, talabalikka nomzodlar quyidagi ketma-ketlik asosida tanlab olinadi. 

  1. Matematika fanidan yuqori ballarni qo‘lga kiritgan abituriyentlar
  2. Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati bali yuqori bo‘lgan abituriyentlar
  3. Tug‘ilgan sanasi keyinroq bo‘lgan nomzodlar

3.1.2. Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga kirish

Saralash tartibi: TshIUda yozma tarzda

Qabul kriteriyalari va muvaffaqiyatli nomzodlarni baholash:

Yo‘nalishlar Fan turi va test natijalari Baholash tartibi Qabul kvotasi
     

  Kompyuter va dasturiy injiniring 

Matematika – 100 ball

Fizika – 100 ball

Ikkala fan uchun o‘rtacha 50 yoki undan yuqori ball to‘plagan yoki yuqori 30%lik reytingga kirgan nomzodlar kvotaning 30%igacha
   

       

 Biznes va Logistika 

Matematika – 100 ball Har bir bo‘lim uchun (Biznes boshqaruvi va Logistika menejmenti), matematika fani uchun o‘rtacha 50 yoki undan yuqori ball to‘plagan yoki yuqori 30%lik reytingiga kirgan nomzodlar har bir bo‘lim uchun kvotaning 30%igacha 

※ Ammo, agar 5 tadan 10 tagacha abituriyentlarning o‘rtacha bali 50 ball yoki undan yuqori bo‘lsa, 20%lik reytingga kirganlar qabul qilinadi. Agar 4 yoki undan kam abituriyent bo‘lsa, faqat o‘rtacha 50 ball va undan yuqori ball olganlar qabul qilinadi.

 

Yakuniy imtihon fanlari va imtihon vaqti:

Yo‘nalishlar Tafsilotlar
     

     Kompyuter va dasturiy injiniring 

–    Turi: Yozma test (20 ta test shaklidagi savollar)
–    Fanlar: 10 ta matematika, 10 ta fizika fanidan           savollar
–    Vaqt: 60 daqiqa
      

       Biznes va  Logistika 

–    Turi: Yozma test (20 ta test shaklidagi savollar)
–    Fanlar: 20 ta matematika fanidan savollar
–    Vaqt: 60 daqiqa
  • Qabul jarayonining afzalliklari: Uzluksiz ta’lim dasturini tamomlagan o‘quvchilar uchun UTM yakuniy imtihoni taqdim etiladi. Yuqori natijalarga erishgan talabalarga TshIUga kirish imtiyozi beriladi.
  • Uzluksiz ta’lim dasturida o‘quvchilar barcha 1-, 2-, 3-kirish imtihonlarini topshirish huquqiga ega. 
  • Dastlabki o‘tish mezonlari: yakuniy imtihonda yoki kirish imtihonida a’lo ball to‘plagan universitetga tayyorlov kursi o‘quvchilari, nechanchi sinfda bo‘lishlaridan qat’i nazar o‘rta maktabni tugatmasdan oldin ham muvaffaqiyatli nomzod sifatida tanlanishi mumkin. Yakuniy imtihon yoki kirish imtihonini topshirgan, ammo 2024-2025 o‘quv yili boshlanishidan oldin litsey/kollej/o‘rta maktab diplomiga yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli nomzodlar, tegishli bitiruv hujjatini olganlaridan so‘ng, TshIUda o‘qishlariga ruxsat beriladi. 

 

3.1.3. Boshqalar

Imtihondagi savollarga berilgan noto‘g‘ri javob uchun jarima bali olinmaydi.

3.2. Maxsus qabul jarayoni

3.2.1. Xalqaro talabalar maxsus qabuli/koreys millatiga mansub chet el fuqarolari uchun maxsus qabul

Saralash tartibi:

Qabul turi Qabul jarayoni tafsilotlari
Xalqaro talabalar maxsus qabuli / koreys millatiga mansub chet el fuqarolari uchun maxsus qabul –    Hujjatlarni ko‘rib chiqish + suhbat
–    Hujjatlarni tekshirish kriteriyalari: o‘rta ta’lim baholari, ingliz tilini bilish darajasi
–    Suhbatni baholash mezonlari:taqdim etilgan hujjatlar asosida ingliz tilidagi suhbat.

 

Qabul mezonlari:

      Yo‘nalish Baholash tartibi Qabul kriteriyalari
     

  Kompyuter va                             dasturiy injiniring/   

     Biznes va Logistika  

               

 ※ Koreys millatiga mansub chet el fuqarolari faqat Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishiga topshirish huquqiga ega.


Hujjatlar: 50 ball
O‘rta maktab baholari: 20 ball

Ingliz tili darajasi: 30 ball


Hujjatlarni ko‘rib chiqish va suhbatni baholash ballari asosida muvaffaqiyatli nomzodlar qabuli kvotasi bo‘yicha tanlanadi*
Suhbat: 50 ball Ingliz tilida suhbat      (keng qamrovli qobiliyatni chuqur baholash): 50 ball

*Suhbat natijalarining 50%idan kam natija olgan nomzodlar qabul qilinmaydi.

Barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, nomzodlarning arizalari ko‘rib chiqiladi va baholanadi.
Suhbat arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkaziladi.
Muvaffaqiyatli nomzodlar ingliz tilini bilish darajasi, o‘zining qiziqish va qadriyatlarini tushunish, tanlagan yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqish, har tomonlama rivojlanish salohiyati kabi mezonlarga asosan o‘qish uchun tanlab olinadi.  

※ Xalqaro abituriyentlarning qabuli: Nomzodlarning o‘tish ballari teng bo‘lgan taqdirda, barcha nomzodlar muvaffaqiyatli deb topiladi. 

※ Chet elda istiqomat qiluvchi koreys millatiga mansub nomzodlarning maxsus qabuli: nomzodlarning o‘tish ballari teng bo’lgan taqdirda, quyidagi tartib bo‘yicha tanlab olinadi:

①Suhbat natijalari yuqori bo‘lganlar                                                                                        ②Chet elda o‘rta ta’lim jarayonida ko‘proq semestrlarda qatnashganlar                                    ③Uzoqroq vaqt davomida chet elda istiqomat qilgan nomzodlar

4. Ariza topshirish jarayoni va zaruriy hujjatlar

Doimiy qabul: 

 Hujjat topshirish tartibi: TshIU saytida onlayn ariza topshiring admissions.inha.uz
Kerakli hujjatlar onlayn ariza sayti orqali topshirilishi kerak.

  • Pasport/ID karta nusxasi;
  • Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (spravka) nusxasi;
  • Oxirgi 3 oy ichida olingan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
  • Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasida ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
  • Yuqorida talab etilgan barcha hujjatlar ayniqsa, rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati belgilangan muddatgacha topshirilishi lozim.

DIQQAT! Har qanday hujjat, shuningdek, rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki ingliz tilida ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjat qalbakilashtirilganligi aniqlansa, nomzodning qabuli bekor qilinadi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. 

YODDA TUTING! Elektron pochta orqali yuborilgan ariza va hujjatlar qabul qilinmaydi.

 

Ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim qilish muddati: 

      Kirish imtihoni bosqichlari Hujjat topshirishning oxirgi sanasi Yodda saqlang
TshIUning 1- va 2- kirish  imtihonlaridan  muvaffaqiyatli o‘tgan  abituriyentlar uchun

UTM yakuniy imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan  abituriyentlar  uchun
 

 

 26-iyul, 2024 (Juma)

Faqat 2022-yil, 27-iyuldan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi.
TshIUning 3-kirish imtihonidan  muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar  uchun
23-avgust, 2024 (Juma)
Faqat 2022-yil, 24-avgustdan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi.

 

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul / Koreys millatiga mansub chet el fuqarolari uchun maxsus qabul:

   4.2.1 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Hujjat topshirish tartibi: TshIU saytida onlayn ariza topshiring  foreign-admissions.inha.uz                                                                                                            Kerakli hujjatlar pochta orqali yuboriladi.

  • Pasport/ID karta nusxasi;
  • Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (spravka) nusxasi;
  • Maktab/kollej/litsey diplomi ilovasi nusxasi;
  • Oxirgi 3 oy ichida tushilgan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
  • Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasida ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
  • Shaxsiy bayonot;
  • O‘qish rejasi;
  • Tavsiya xati.

Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim qilishning oxirgi muddati:
23-avgust, 2024 (Juma); Faqat 24-avgust 2022-yildan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi.

 

 
4.2.2 Koreys millatiga mansub chet el fuqarolari uchun maxsus qabul

Hujjat topshirish tartibi: Kerakli hujjatlar pochta yoki yetkazib berish xizmati orqali yuboriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport/ID karta nusxasi;
  • Maktab/kollej/litsey diplomining nusxasi, ilova bilan birgalikda, yoki maktab/kollej/litseyda ta’lim olayotgani haqida hujjat (spravka) nusxasi;
  • Oxirgi 3 oy ichida tushilgan rasm – 3.5 sm ×4.5 sm;
  • Rasmiy ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS / TOEFL iBT) yoki o‘rta yoki oliy ta’lim muassasasida ingliz tilida o‘qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat;
  • Shaxsiy bayonot;
  • O‘qish rejasi;
  • Tavsiyanoma.

Iltimos, quyidagi link orqali tanishib chiqing:
https//admission.inha.ac.kr/cms/FR_CON/index.do?MENU_ID=160         

5. 2024/2025-oquv yili uchun qabul jarayonlari

5.1 Mahalliy abituriyentlar uchun kirish imtihoni:

Jarayon Sanalar
1-kirish imtihoni (to‘lov-kontrakt asosida)
Onlayn arizalarni qabul qilish 18-mart (Dush) ~ 26-aprel (Juma)
  Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni 4-may (Shan)
  Biznes boshqaruvi va logistika  

         yo‘nalishi uchun kirish imtihoni

5-may (Yak)
Imtihon natijalarini e’lon qilish 14-may (Sesh)
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish 

※Depozit: 1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i 

14-may (Sesh) ~ 21-may (Sesh)
2-kirish imtihoni
Onlayn arizalarni qabul qilish 13-may (Dush) ~ 14-iyun (Juma)
  Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni (davlat granti asosida) 21-iyun (Jum)
Kompyuter va dasturiy injiniring yo‘nalishi uchun kirish imtihoni (to‘lov-kontrakt asosida) 22-iyun (Shanba)
Biznes boshqaruvi va logistika  yo‘nalishi uchun kirish imtihoni (davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida) 23-iyun (Yak)
Imtihon natijalarini e’lon qilish 3-iyul (Chor)
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish

※Depozit: 1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i 

3-iyul (Chor) ~ 10-iyul (Chor)
3- kirish imtihoni  (to‘lov-kontrakt asosida)
Onlayn arizalarni qabul qilish 5-iyul (Jum) ~  19-iyul (Jum)
Kompyuter va dasturiy injiniring hamda Biznes boshqaruvi va logistika  yo‘nalishlari uchun kirish imtihoni   (to‘lov-kontrakt asosida) 27-iyul (Shan)
Imtihon natijalarini e’lon qilish 7-avgust (Chor)
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish 7-avgust (Chor) ~ 14-avgust (Chor)


5.2 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni: 

UTM yakuniy imtihoni qabuli
UTM tayyorlov kurslarining yakuniy imtihoni  24-iyun (Dush)
Imtihon natijalarini e’lon qilish 3-iyul  (Chor)
Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish

※Depozit:1 yillik o‘qish to‘lov-kontrakt miqdorining 25%i 

3-iyul (Chor) ~ 10-iyul (Chor)


5.3 Maxsus qabul:
(Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul / Koreys millatiga mansub chet el fuqarolari uchun qabul)

Jarayon Sanalar
Onlayn arizalarni qabul qilish 18-mart (Dush) ~ 19-iyul (Jum)
Hujjatlarni ko‘rib chiqish va suhbat  Arizalar kelishi bilan ketma-ket ko‘rib chiqiladi
 

 

       
            Natijalarni e’lon qilish

Har bir bosqichning kirish imtihonlari davrida xalqaro talabalardan arizalar topshirsa, muvaffaqiyatli nomzodlar har bir bosqichning kirish imtihonlari bilan bir xil sanada e’lon qilinadi. 

1-bosqich: 14-may (Sesh)
2-bosqich : 3-iyul (Chor)
3-bosqich: 7-avgust (Chor)

   


  Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish
1-bosqich: 14-may (Sesh) ~ 21-may (Sesh)
(Depozit miqdori: 1 yillik o‘qish to‘lov miqdorining 25%i)2-bosqich: 3-iyul (Chor) ~ 10-iyul (Chor)
(Depozit miqdori: 1 yillik o‘qish to‘lov miqdorining 25%i)

3-bosqich: 7-avgust (Chor) ~ 14-avgust (Chor)

6. Kontrakt-to‘lov

        Yo‘nalish Mahalliy talabalar uchun Xalqaro talabalar uchun
Kompyuter va dasturiy injiniring  34.650.000 so‘m 5 000$
Biznes boshqaruvi va logistika   36.300.000 so‘m 5 250$

*2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt-to‘lov miqdori o‘zgarish ehtimoli mavjud.

Eslatma! Mahalliy talabalar (O‘zbekiston fuqarolari) kontrakt to‘lovini o‘zbek so‘mida, chet el fuqarolari esa  AQSH dollarida amalga oshirishlari lozim.

 

7. Biz bilan aloqa

Rasmiy veb-sahifa www.inha.uz
                  Qabul – 2024  Qo‘llanmasi inha.uz/prospective-students/admissions/application-guideline/
Onlayn ariza topshirish (mahalliy abituriyentlar uchun) admissions.inha.uz
Onlayn ariza topshirish (xorijlik abituriyentlar uchun) foreign-admissions.inha.uz
Telefon   +998 71 289 99 99 (ichki. 0400)
Faks   +998 71 269 00 58
Elektron manzil       admissions@inha.uz
Telegram bot @askinhabot
Manzil Ziyolilar ko‘chasi 9, Mirzo Ulug‘bek tumani, Toshkent, 100170
Ish vaqti Dushanba – Juma, 9:30 – 17:30