Kutubxona

Universitet axborot-resurs markazida hozirgi kunda 18 000 (o‘n sakkiz ming) dan ortiq kitoblar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatini adabiyot, san’at va tarix, falsafa va psixologiya, koreys tili bo‘yicha kitoblar, informatika bo‘yicha ma’lumotlar va umumiy ishlar, ijtimoiy fanlar, matematika va fizika  hamda tabiiy fanlar va fizikaga oid kitoblar tashkil qiladi.

Kutubxonadagi kitoblarning 95%i adabiyot va oʻquv materiallaridan iborat: Ular ingliz, koreys, nemis, fransuz, polyak, yunon va boshqa tillarda mavjuddir. Qolganlari esa o‘zbek va rus tillaridagi kitoblarni o’z ichiga olgan. Universitet talabalari ko‘p vaqtlarini kutubxonada o‘tkazishadi, chunki bu yer zamonaviy va eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. 

Shuningdek, kutubxonamiz o‘qitish uchun yetarlicha zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar eng yaxshi san’at asarlari (asl kitob na’munalari) bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.