8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov INHA universiteti (Koreya Respublikasi) prezidenti Myeong-Woo CHO, Tack Lee «INHA University Hospital» prezidenti va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov bilan uchrashdi.

INHA universiteti (Koreya Respublikasi) va Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari bilan Toshkent shahridagi Inha universitetini kengaytirish va rivojlantirish, jahon miqyosidagi yangi yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama qilindi.
«INHA University Hospital» vakillari bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda raqamli salomatlik platformasini ishlab chiqish va joriy etish hamda Toshkent shahridagi Inha universitetida raqamli diagnostika markazini ochish masalalarini muhokama qildilar.