2–9-sentabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan “Seeds For The Future” loyihasida O‘zbekistondan 15 nafar talaba muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbekiston “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan eng yaxshi Tech4Good tanlovida g‘olib bo’ldi.
Ushbu jamoa yetakchisi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Otabekova👏🏼
O‘zbekistondan 8 nafar talaba Ozarbayjon, Qozog‘iston, Iordaniya, BAA, Qatar va Mo‘g‘uliston jamoalari bilan birgalikda Tech4Good akseleratsiya dasturidan o‘tish uchun Dubayga jo‘nab ketmoqda. Ular quyidagi universitetlarda tahsil olishadi: Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yangi O‘zbekiston universiteti va Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti.