Buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur (1336-1405)

Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o‘rganishga jahon miqyosida ham qiziqish tobora ortib bormoqda.
 
 
Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul.
 
 
Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir va buyuk ajdodimizni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
 
 
Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir degan ezgu g‘oya Amir Temur saltanatining barcha hududlarida axloqiy-ma’naviy mezonga aylangan.
 
 
Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqining, balki adolat deb yashagan, yashayotgan, yashaydigan insoniyatning qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.