Inha – Yashil kelajak uchun!
Rektor Bobur Abdullayev boshchiligidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va xodimlari mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasini faol qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu tashabbus doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti hududida hamda Jizzax shahrida mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Daraxt ekish jarayonida shaxsan ishtirok etgan rektor atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashish va kelajak avlod uchun qulay muhit yaratishning naqadar muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ekilgan har bir daraxt toza havo, jazirama kunda soya va tabiat bilan uyg‘unlik yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi. Atrofimizdagi yashil olam yanada kengaysin, unga bo‘lgan e’tiborimiz tobora ortib borsin
ECIT – Inha Universitetining Ekologik Klubi!
Atrof-muhitni asrashga qiziqasizmi? Kichik harakatlar katta o‘zgarishlarga olib kelishiga ishonasizmi? Unda siz to‘g‘ri joydasiz!
ECIT – bu ekologik barqarorlikni targ‘ib qiluvchi, ongli hayot tarzini shakllantirishga va kampusimizni yanada yashillashtirishga intilayotgan faollar jamoasi.
Biz nima qilamiz?
✅ Tozalik aksiyalari va daraxt ekish tadbirlarini tashkil qilamiz
✅ Chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlashni targ‘ib qilamiz
✅ Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish haqida xabardorlikni oshiramiz
✅ Ekologik loyihalarni amalga oshiramiz
Bizga qo‘shiling va o‘zgarishlarning bir qismi bo‘ling! Keling, toza, yashil va barqaror kelajak uchun birgalikda harakat qilaylik. Tadbirlar, foydali maslahatlar va ishtirok etish imkoniyatlarini kuzatib boring!
Statistika