Toshkent shahridagi Inha universitetida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

2021 yil 9 fevralda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor T. Tursunmuratov ochib berdi. Tadbir doirasida universitet talabalari tomonidan «Non isi» spektakli, A. Navoiy hayoti va ijodi to‘g‘risida tezkor viktorina o‘tkazildi.
 
 
«Bilmak Navoiyni – bu zo‘r ma’rifat nishoni,
 
 
Bilmak Navoiyni – bu yuksakka eltar oni.
 
 
Bilmak Navoiyni – bu o‘z naf’i, yo‘q ziyoni,
 
 
Bilmak Navoiyni – bu oynai jahoni».