2018 yilning 10 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalolov va A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori Nargiza Raxmonqulova, ta’lim sohasida zamonaviy informatsion texnologiyalarni joriy etish haqida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad – ta’lim jarayonlarini mukammalashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdir.
Imzolangan memorandum doirasida tomonlar informatsion texnologiyalar sohasini har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashish, innovatsion ishlanma va servislar yo‘nalishida tadbirlarni tashkil etish doirasida, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni ko‘zlamoqda. Shuningdek, birgalikda tijorat loyihalar, respublika, xalqaro grantlar dasturlari va boshqalarda ishtirok etish.