IUT Moliya vazirligining AHM bilan memorandum imzoladi

18 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi direktori Ulug‘bek Daulanov hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.  
 
Memorandumdan ko‘zlangan maqsad – qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, nazariy bilimlarni qo‘llash hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ishga joylashish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida universitet talabalarining amaliyotini Moliya vazirligining AHM da tashkil etishdan iborat.   
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi Inha universiteti talabalariga amaliyotni taqdim etadi, shuningdek talabalar tomonidan amaliyotini o‘tash dasturlarini bajarishi uchun kerakli sharoitlarni yaratib beradi.