28 yanvar kuni Toshkent shahridagi INHA universitetiga Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyatining AT-parklar bo‘yicha maslahatchisi j-b J.Partasarati tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov hindistonlik mehmonni universitetning akademik faoliyati, professor-o‘qituvchi tarkibi va talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. Ta’lim dasturlarining kelgusi rivojlanishi va kengaytirilishi istiqbollari haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.