4-may kuni Inha Universitetinng v.b.rectori Muzaffar Djalalov Jizzax viloyatining Mirzacho’l tumaniga jo’nab ketdi, u yerda Sardoba suv toshqini qurbonlarining bir qismi joylashgan 200 ga yaqin kishi vaqtincha ikkita bolalar bog’chasiga joylashtirilgan. Universitet rahbariyati u yerda jabirlangan aholi bilan muzokaralar olib bordilar va hozirgi kunda eng kerakli zaruriyatlar to’g’risida ma’lumotlar olindi.Olingan barcha ma’lumotlar Toshkentga yuborildi, u yerda yakshanba kunidan boshlab xayriya yordami yig’ilmoqda.
Dushanba kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetidan Jizzax viloyatiga insonparvarlik gumanitar yordami jo’nab ketti.Ofat oqibatida hech narsasiz qolgan odamlar uchun zarur bo’lgan barcha narsalar – gigiyena vositalari, kiyimlar Inha Universiteti xodimlari va o’qituvchilari tomonidan yordam tarzida jo’natildi.
“Bunday qiyin kunlarda biz bir-birimizga yordam berishimiz kerak.Odamlar hech narsasiz qolishdi, ularning aksariyati uysiz, pulsiz, hujjatlarsiz, chorva mollarini yo’qotdi, bu esa ularning yagona manbai edi.Biz ularni bunday ofat kunlari ular yolg’iz emasliklariga ishontirish uchun shu yerdamiz. Biz qo’ldan kelgunicha yordam beramiz.Hukumatimiz va barchamiz – qurbonlikka aylangan insonlarni normal hayotga qaytishlari uchun qo’ldan kelganicha barcha imkoniyatlarni ishga solamiz «dedi v.b.rektori Muzaffar Djalalov.
Bugungi kunda 13-son bolalar bog’chasida 69 kishi, va 121 nafar kishi 6-son bolalar bog’chasida joylashtirilgan. Odamlar uchun kuniga uch mahal ovqat ta’minlanmoqda. Universitet kolonasi birinchi kerakli bo’lgan zaruriyatlarni etkazib berdi.
Also management of the IUT visited the victims who were placed in Gulistan.