Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov va «KDB bank O’zbekiston» AJ raisi Chon Son Kim inson resurslari va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolashdi, deb xabar bermoqda universitet matbuot xizmati.
5 yil muddatga imzolangan memorandumga muvofiq, TIU va «KDB bank O’zbekiston» mazkur oliy o’quv yurtining iqtidorli talabalari va bitiruvchilarini qo’llab-quvvatlash, ishga joylashishlarida ko’maklashish, AT hamda biznes yo’nalishlarida hamkorlikni yo’lga qo’yish, AT tizimi va KDBO’z dasturini ishlab chiqish, shuningek bank xodimlarini o’qitish dasturini amalga oshirish ko’zda tutilgan.