Bugungi kunda paydo bo’lgan vaziyatlar tufayli universitetni qabul qilish qo’mitasi barcha maktab, litsey va kollejni tugatmagan abituriyentlar uchun hujjatlarni topshirish tartibini soddalashtirdi.
Qoidaga muvofiq «agarda abituriyent hali maktab, litsey yoki kollejni tugatganligi to’g’risida diplom olmagan bo’lsa, u holda ta’lim muassasasidan sertifikat taqdim etish kerak.»Ammo, barcha ta’lim muassasalari karantin tufayli yo’piqligini hisobga olgan holda buni amalga oshirish mumkin emas. Shu munosabat bilan, universitetni qabul qilish komissiyasi abituriyentlardan sertifikat talab qilmaydi.
Ammo! Karantin muddati tugagach, ushbu sertifikatni kirish imtihondan oldin topshirishingiz shart bo’ladi.
Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo’yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: +998 71 289 99 99 (ichki: 0129 yoki 0124).