Imtihon kuni

28 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2019-yil uchun birinchi kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.
 
2019-2020 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inha universiteti kamida 420 nafar talaba qabul qilishni rejalashtirmoqda. Jumladan, universitet “Kompyuter va axborot injiniringi” fakultetiga 300 nafar, “Logistika” fakultetiga 120 nafar talaba qabul qiladi.
 
Kirish imtihonlari yozma shaklda 20 ta savoldan iborat bo’lib, har bir fan uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Savollar (umumiy) oʻrta taʼlim uchun standartlashtirilgan oʻquv dasturi asosida tuzilgan. “Kompyuter va axborot injiniringi” fakultetiga kirish imtihonini baholashda matematikadan 70%, fizikadan 30% ni tashkil etadi, “Logistika” fakultetiga esa matematikadan imtihon faqat talabalarga beriladi.
 
Janubiy Koreyaning Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga kelib, adolatli va shaffof imtihon o‘tkazdi.
 
Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarini kirish imtihonlarida qatnashish va suratga olish uchun taklif qildi va ular 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha barcha tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.
 
Qayd etish joizki, har bir imtihon xonasida jonli efir mavjud bo‘lib, bu orqali abituriyentlarning ota-onalari va barcha barcha imtihon jarayonini onlayn tarzda kuzatish imkonini beradi.