Toshkent shahridagi Inha Universitetining (IUT) 2019-2020 o`quv yili uchun kirish imtihonlariga onlayn hujjat topshirishning ikkinchi oqimi 2019-yilning 8-maydan (10.00) boshlanib, 27-may (17.00) gacha davom etadi.
Universitetga kirish istagida bo`lgan abituryentlar, universitet saytidagi manzil orqali mavjud bo`lgan //admissions.inha.uz onlayn registratsiya formasini to`ldirishlari lozim.. Universitetga imtihon topshirish shartlari bilan esa quyidagi ssilka orqali tanishishlari mumkin: //www.inha.uz/ru/howtoapply.
Onlayn registratsiya mobaynida abituryentlar o`zlari haqidagi shaxsiy ma`lumotlarini va passport, akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki o`rta maktabni tamomlagani haqidagi diplomning elektron nusxasini; 086 shakl tibbiy ma`lumotnomani; Shaxsiy suratlarini (3,5х4,5); IELTS yoki TOEFL IBT sertifikatini taqdim qilishlari kerak bo`ladi. Agar abituryent akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki o`rta maktabni hali tugatmagan bo`lsa, o`quv muassasidan haqiqatdan ta`lim olayotgan ma`lumotnomani taqdim qilishi lozim.
Onlayn hujjat topshirgan bo`lajak talabalar “Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yo`nalishi uchun matematika va fizika fanlaridan va “Logistika” yo`nalishi uchun esa matematika fanidan 2-kirish imtihonlarini topshirish imkoniga ega bo`lishadi.
Eslatib o`tamiz, 2-kirish imtihonlarini topshirmoqchi bo`lgan talabalar Toshkent shahridagi Inha Universiteti vebsaytini muhim xabarlarni o`tkazib yubormasliklari uchun doimiy ravishda tekshirib borishlari lozim.
“Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yo`nalishi Grant asosidagi imtihonga kirmoqchi bo`lgan talabalar to`lov-kontrakti asosida tuzilgan imtihonga almashtirilmaydi, bu degani faqatgina grant asosidagina tuzilgan imtihonlar tekshiriladi.
“Kompyuter va Dasturlash Injeneringi” yo`nalishi uchun matematika va fizika fanlari va IELTS 5.0 balldan yoki TOEFL IBT 50 balldan kam bo`lmagan holatda;
“Logistika” yo`nalishi uchun matematika va IELTS 5,5 va TOEFL IBT 71 balldan dan kam bo`lmagan holatda.