4-5 may kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
4-may kuni “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga shartnoma asosida, 5 may kuni esa “Biznes va logistika” fakultetiga shartnoma asosida kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.
Kirish imtihonlari yozma shaklda o’tkaziladi. Javoblar uchun 60 daqiqa beriladi.
Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelishdi.
“Biz imtihon jarayonida ishtirok etish huquqiga ega emasmiz, bu Toshkentda Inha universiteti ochilgan birinchi kunlardan beri davom etmoqda. Kirish imtihonlari doimo Koreyadagi INHA universiteti tomonidan o‘tkaziladi, bu esa imtihon jarayonining shaffofligini kafolatlaydi. Barchangizga muvaffaqiyatlar tilayman, kuch va bilimingizga ishoning!” – deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov.
Shuni alohida takidlash joizki, har bir imtihon bo’layotgan xonada jonli efir mavjud, bu abituriyentlarning ota-onalari va barcha xohlovchilarga imtihon jarayonini shaffofligini onlayn kuzatish imkonini beradi.


