Toshkent shahridagi Inha universitetida oflayn rejimdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi

23 va 24 aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23 aprel kuni “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga shartnoma asosida, 24 aprel kuni esa “Logistika” fakultetiga shartnoma asosida kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari har bir fan bo‘yicha 20 ta savoldan iborat yozma shaklda o‘tkazildi. Javoblar uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyaning Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelishdi.

Shuningdek, Toshkentdagi Inha universiteti O’zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarini 2022-2023 o’quv yili uchun kirish imtihonlar jarayonini kuzatishga va qabul ma’lumotlarini olishga taklif qildi.

Shuni ta’kidlash joizki, har bir imtihon xonasida abituriyentlarning ota-onalari va jarayonning shaffofligini onlayn kuzatishni istagan har bir kishiga imkon beradigan jonli efir mavjud.