Toshkent shahridagi Inha universitetiga bu yilgi uchinchi va oxirgi qabul imtihonlari o’z nihoyasiga yetdi

 

27 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihoni bo’lib o’tdi. Bu Universitetga o’qishga kirish uchun joriy yildagi  uchinchi va oxirgi imtihon bo’lib, Iyun-iyul oylarida ham ikkita imtihon onlayn rejimida o’tkazilgan edi. Bu yil ro’yxatdan o’tgan abituriyentlarning umumiy soni 1600 dan oshdi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-2021 o’quv yili uchun kirish imtihonlari birinchi marta onlayn tarzda o’tkazildi. Ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tgan barcha abituriyentlar ikki oqimga  – “Logistika”  va “Kompyuter va dasturiy injeniring fakultetlariga bo’lindilar.

Abituriyentlar ZOOM ilovasi yordamida onlayn imtihonning faol havolasiga bir vaqtning o’zida kirdilar, imtihon topshiriqlarini kompyuterlariga yuklab oldilar va  yechishni boshladilar. Bu yil matematika fanidan 30 daqiqa ichida yozma ravishda ishlanilishi kerak bo’lgan  6 ta savol bo’ldi. Vaqt o’tganidan so’ng, abituriyentlar javob varag’ini ZOOM orqali kuzatuvchiga ko’rsatib, keyin ushbu varaqni smartfonga suratga olishdi va tekshirish komissiyasiga yuborishdi. Tekshiruvda ZOOM orqali ko’rsatilgan javob varaqlari va pochta orqali yuborilgan misollar taqqoslanadi.

Shuni taakidlab o’tish joizki, Janubiy Koreyadagi INHA universiteti vakillari imtihon jarayonini ZOOM orqali kuzatdilar. Kuzatishlarga INXA universitetining Toshkent filialidan hech kim qabul qilinmadi.

Imtihonda Janubiy Koreyaning INXA universitetidan 50 ta nazorat vakili qatnashdi.

«Albatta, biz kirish imtihonlarini onlayn tarzda o’tkazishga  tayyorgarlik ko’rayotganda juda hayajonlandik, chunki biz bunday tajribaga birinchi marta duch kelmoqdamiz. Va bu yil, shubhasiz, tarixga kiradi. Pandemiya ma’lum darajada oliy ta’lim sohasiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi: ko’plab universitetlar klassik ta’lim modelidan masofaviy o’qitish modeliga o’tdilar va bu haqiqiy tajribaga aylandi.  Bizni masalaning tashkiliy tomoni, biz,  imtihonlar o’tkazishning texnik taraflariga javobgar bo’lgan koreys tomoni buni qanday uddalaymiz, abituriyentlarda aloqa vaqtida texnik muammolar bo’ladimi yoki yo’qmi, shu kabi savollar  bizni biroz xavotirga solib qo’ydi, chunki ko’plab abituriyentlar imtixon oluvchidan minglab kilometr uzoqlikda, ba’zilari esa turli vaqt zonalarida bo’lishdi. Ammo hamma narsa muammosiz va ravon o’tdi, bugun bu yilgi uchinchi va oxirgi kirish imtihonlari o’tdi. Hozirda ushbu turdagi testlarni o’tkazish tizimi to’liq ishlab chiqilganligi  bizni juda xursand qiladi va abituriyentlarimiz ko’rsatgan natijalar bilan faxrlanamiz », – deydi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori  vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov.