Toshkentdagi Inha universitetida dastlabki kirish imtihonlari bo’lib o’tdi.

23 aprel kuni Toshkentdagi Inha universitetida dastlabki kirish imtihonlari bo’lib o’tdi.
Ta’kidlash joizki, abiturientlarning ishtiroki 97%ga yetdi
2022-2023 o’quv yilida Toshkentdagi Inha universiteti kamida 420 nafar talabalarni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Universitet «kompyuter va dasturiy injiniring» yo’nalishi va «biznes va logistika»yo’nalishi bo’yicha talabalarni qabul qiladi.
Abiturientlar uchun kirish imtihonlari 3 marta o’tkaziladi:
1) faqat shartnoma asosida;
2) shartnoma va grant asosida;
3) faqat shartnoma asosida.
Kirish imtihonlari har bir fan uchun yozma shaklda (20 tadan savol) o’tkaziladi. Javoblarga 60 daqiqa vaqt beriladi. Savollar (umumiy) o’rta ta’lim uchun namunaviy o’quv dasturi asosida tuzilgan. «Kompyuter va dasturiy injiniring» yo’nalishi bo’yicha kirish imtihonlari uchun umumiy baholashda matematika 70%, fizika – 30% ni tashkil etadi. «Biznes va logistika» yo’nalishi bo’yicha faqat matematikadan imtihon bo’ladi.
Ochiq va oshkora imtihon jarayonini o’tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyaning Inha universiteti fakulteti Toshkentdagi Inha universitetiga kelishdi.
Shuningdek, Toshkentdagi Inha universiteti O’zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarini 2022-2023 o’quv yili uchun kirish imtihonlar jarayonini kuzatishga va qabul ma’lumotlarini olishga taklif qildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har bir imtihon xonasida abituriyentlarning ota-onalari va jarayonning shaffofligini onlayn kuzatishni istagan har bir kishiga imkon beradigan jonli efir mavjud.