13noyabr kuni AT-Parki va Inha universitetining xalqaro va milliy kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 

Joriy yilning 13-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida texnopark hududida yangi obyektlarni yaratish, AT-ekotizimni to’laqonli joriy etish va tarmoqlararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, vazir o’rinbosari Olimjon Umarov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov, AT-Parki rahbari Farhod Ibragimov, Huawei, KT, UZBEKTELECOM, UCELL, BEELINE, ZTE, RWC rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.