IUTga Yuqori texnologiyalar parki (Belorussiya) delegatsiyasi tashrif buyurdi

 

2019-yil 10-sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Yuqori texnologiyalar parki (YTP) direktori Vsevolod Vyacheslavovich Yanchevskiy boshchiligidagi Yuqori texnologiyalar parki (Belarus Respublikasi) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Rektor vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Muxitdinovich Jalalov mehmonlarni qutlab, universitetning axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash borasidagi ilmiy faoliyati, IUTning kelajakdagi rivojlanishi rejalari, shuningdek chet elda birinchi Janubiy Koreya universitetining tashkil topish tarixi haqida gapirdi.

Bundan tashqari, mehmonlar universitet talabalari va professor-o’qituvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.

Uchrashuv davomida tomonlar YTP va UIT o’rtasida axborot texnologiyalari, ta’lim va tadqiqotlar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Eslatib o’tamiz, shu yilning iyul oyida rektor vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Jalalov Minsk shahrida «Made in Uzbekistan» O’zbekiston-Belarus mintaqalararo forumi va sanoat mahsulotlari ko’rgazmasida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, rektor vazifasini bajaruvchisi yuqori texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi.