TIU da Toshkendagi birinchi EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi

23 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bor Toshkenda AT sohasidagi trendlarga, shuningdek kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlari – dasturiy ta’minot va innovatsion yechimlarning global ta’minotchilariga  bag‘ishlangan  EPAM Insider anjumani bo‘lib o‘tadi.
 
EPAM Systems – dasturiy ta’minot va raqamli platformalar ishlab chiqish bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlar sirasiga kiradi. Kompaniya o‘z mijozlariga murakkab biznes muammolarini amaliy imkoniyatlarga aylantira oladigan innovatsion yechimlarni taklif etadi.
 
EPAM Insider – bu AT sohasining yetakchilari bilan yuzma yuz tanishish uchun  noyob imkoniyatidir. Anjumanning maqsadi Toshkentda AKT sohasi  mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba, biznesdagi amaliy ish va ko‘nikmalarni almashishga imkon beruvchi platforma yaratishdir.
 
Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki shu sohada faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan hamda global tendensiyalar haqida ko‘proq bilishni istovchilar, mutaxassislar va hamkasblar bilan muloqot qilish istagida bo‘lgan barcha kishilar ishtirok etish mumkin. 
 
EPAM vakillari sohadagi Delivery hamda Project Management, Digital Practice, People Management kabi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot beradi. Anjuman doirasida texnik ma’ruzalarni tinglash bilan birga  EPAM ekspertlari qanday loyihalar ustida ish olib borayotgani, xalqaro AKT kompaniyasida xizmat pog‘onalaridan qanday o‘sish mumkinligi haqida aytib o‘tiladi va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob beriladi.
 
Spikerlar bir vaqtni o‘zida ikkita maydonda ma’ruza qiladi. Ishtirokchilar EPAM Insider ma’ruzalaridan tashqari I Can Code dasturlash bo‘yicha musobaqada ham ishtirok etadi.  
 
Anjuman Ziyolilar ko‘chasi, 9 manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 09.00da boshlanadi. 
 
Anjuman rus va ingliz tillarida olib boriladi. 
 
Mazkur loyihada ishtirok etish bepul bo‘lib, quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan o‘tiladi

//events.epam.com/events/insider-uz